|
Mavzu: sport trenirovkasining vositalari metodlari
|
bet | 4/11 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 28,81 Kb. | | #235930 |
Bog'liq Jismoniy madaniyat 13Maruza mashg’ulotlari
sekin maksimalga etkazish; nagruzkalarning to’lqinsimonligi, siklligi va variantligi; sportchining trenirovka va musobaqa faoliyatining birligi.
Sport trenirovkasi usullari va xususiy tamoyillari.
Sport trenirovkasi usullari
Sport trenirovkasida o’rgatish, tarbiya va rivojlanishning jismoniy tarbiyadagi mavjud usullar qo’llaniladi: so’z, ko’rgazmalilik, didaktik (oddiydan murakkabga, ma’lumdan noma’lumga, o’rganilgandan o’rganilmaganga va boshqalar), texnika va taktikani egallashga (qattiq reglamentlashgan, harakatlarni yaxlit va bo’lingan bajarilishi), harakat sifatlarini rivojlantirishga (intervallik, uzluksiz, o’yin, musobaqa).
Sport trenirovkasining xususiy tamoyillari.
Jismoniy tarbiyada ko’rsatilgan barcha tamoyillar sport trenirovkasida qo’llaniladi.
Yuqori natijalarga yo’naltirilganligi oliy maqsad xalqaro toifadagi sport ustasi, Osiyo, Evropa, jahon, Olimpiada o’yinlari chempioni va rekordchisi bo’lish
Chuqurlashtirilgan mutaxassislik – bir necha sport turlarida bir vaqtning o’zida eng yaxshi bo’lishning mumkin emasligi.
Trenirovka jarayonining uzluksizligi:
Sport tayyorgarligini ko’p yillik va yil davomidagi jarayoni va musobaqalarda ishtirok etis
Siklik bosqichlarning (takrorlanuvchi), davrlarning va sikllarning o’zaro bog’liqligi, ularning avvalgi trenirovkalar ta’sirining natijalariga qo’shilishi va bir necha mashg’ulotning kumulyativ effekti.
Sport mahoratini oshirishni aniqlashning sifat va imkoniyatlarini optimal rivojlantirish.
Nagruzkalarning asta sekin oshib borishi va maksimal nagruzkalariga tendensiyalarining yaxlitligi organizmning trenirovka ta’sirlariga adaptasiyasi qonunlari bilan aniqlanadi, yillik hajmning 100-200 dan 1300-1500 soatgacha o’sish; trenirovka mashg’ulotlarining mikrosiklda 2 dan 20 gacha o’sishi; kun davomida trenirovkalarning 1 dan 4 gacha etishi, katta nagruzkalar bilan hafta davomida mikrosiklning 7 taga etishi, musobaqa faoliyatini hajmini o’sishi, qayta tiklanish vositalarining ko’patirilishidir.
Nagruzkalarning to’lqinsimonligi va variantligi – turli trenirovka tarkibida nagruzkalarning ko’tarilish to’lqini, hajm va nagruzkalar intensivligini hajmini tushishi (aerob, anaerob va tezlikni yo’naltirilganligi); nagruzkalarning dinamikasini mikro, mezo va makrosikllarda ketma-ketligini turli xil yig’indisi.
Trenirovka jarayoning siklligi, organizmdagi tiklanish jarayonlarining qonuniyatlari bilan chaqirilgan, mikrosikllar – 2 dan 10 kungacha, mezosikllar – 3 dan 6 haftagacha, 2 haftadan 6 oygacha trenirovka davri, 3 dan 12 oygacha makrosikllar bo’ladi.
|
| |