|
Mavzu: sport trenirovkasining vositalari metodlari
|
bet | 7/11 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 28,81 Kb. | | #235930 |
Bog'liq Jismoniy madaniyat 13Maruza mashg’ulotlari
Ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari — aholini jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga jalb etishga va aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar;
Ommaviy sport — sportning tashkil etilgan va (yoki) mustaqil mashg’ulotlar, shuningdek ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini o’tkazish orqali aholini jismoniy tarbiyalash, sog’lomlashtirish, kamol toptirish hamda jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlariga jalb etishga doir qismi;
Maruza mashguloti
Professional sport — sportning sport musobaqalarini tashkil etish va o’tkazishga doir qismi bo’lib, sportchilar ularda o’zining asosiy faoliyati sifatida ishtirok etganligi va ularga tayyorgarlik ko’rganligi uchun mukofot va (yoki) ish haqi oladi;
Sportchi — tanlagan sport turi yoki sport turlari bilan muntazam shug’ullanadigan, doimo o’zining sport mahoratini oshirib boradigan va sport tadbirlarida qatnashadigan jismoniy shaxs;
Sport bo’yicha agent — sportchi nomidan va uning manfaatlari uchun shartnoma asosida faoliyat ko’rsatadigan, tuzilgan shartnomalar shartlariga va sportchining huquqlariga rioya etilishini kuzatib boradigan shaxs;
Sport musobaqasi — imkoniyatlarni namoyish qilish, sport yutuqlarini baholash va taqqoslash, sport sohasida raqobatlashish. Sportchilar o’rtasida yoki sportchilar jamoalari o’rtasida har xil sport turlari (sport dissiplinalari) bo’yicha musobaqaning eng yaxshi ishtirokchisini aniqlash maqsadida jismoniy tarbiya yoki sport tadbirining tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan nizom (reglament) bo’yicha o’tkaziladigan bellashuv;
Sport inshooti — sport tadbirlari va ommaviy sport tadbirlarini, sport turlari bo’yicha o’quv-mashq mashg’ulotlari va o’quv-mashq yig’inlarini o’tkazish uchun mo’ljallangan, o’ziga qo’yiladigan norma va talablarga javob beradigan hamda tegishli pasportga ega bo’lgan yopiq yoki ochiq tipdagi ixtisoslashtirilgan inshoot;
Sportchining sport diskvalifikasiyasi — sport turi qoidalarini yoki sport musobaqalari to’g’risidagi nizomlarni (reglamentlarni) yoxud xalqaro sport tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan dopingga qarshi qoidalarni yoki respublika sport federasiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan normalarni buzganlik uchun sportchini sport musobaqalarida ishtirok etishdan sportning tegishli turi bo’yicha xalqaro sport federasiyasi (uyushmasi) yoki sportning tegishli turi bo’yicha respublika sport federasiyasi (uyushmasi) tomonidan amalga oshiriladigan chetlashtirish;
|
| |