|
Mavzu: Sulfidlarni bakterial tanlab eritish
|
bet | 2/3 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 45 Kb. | | #159027 |
Bog'liq Mavzu Sulfidlarni bakterial tanlab eritish-fayllar.org (1)Sulfidlar — oltingugurtning metallar, shuningdek, metallmaslar (V, Si) bilan hosil qilgan birikmalari. Koʻpgina sulfidlar — tabiiy minerallar, mas, pirit FeS2, molibdenit MoS2 sfalerit ZnS. sulfidning 2 qatori bor: oʻrta (normal) — umumiy formulasi Me2S, nordon (gidrosulfidlar) — umumiy formulasi MeHS (Me — bir valentli metall.). Sulfid— metallarga oltingugurt taʼsir ettirib, oksidlarni vodorod bilan qaytarib, sulfatlarni kumir ishtirokida qaytarib va boshqa usullarda olinadi. Tabiiy sulfid tegishli metallarni olishda, sulfat kislota ishlab chiqarish.da xom ashyo hisoblanadi. Ishqoriy yer metallarning Si, shuningdek, ZnS va CdS lyuminoforlar asosidir. Koʻpgina metallarning Si — yarimoʻtkazgichlar.
Bakterial tanlab eritishda sulfidlarning oksidlanish mexanizmi murakkab sul’fidlami oksidlashda ionli tem irbakteriyalarning qatnashishi to'g'ri va bolishi mumkin deb hisoblanadi. Birinchi holda bakteriyalar sulfidlar yuzasida o'mashib, sul'fitdan kislorodga elektronlarni uzatuvchi fraksiyani bajarib, oksidlash jarayonida to'g'ridan-to'g'ri qatnashadi. Oksidlashning oraliq mahsuloti sifatida elementar oltingogurt hosil bo'ladi. Bakteriyalar ishtirokida keyin u sul’fat kislotagacha oksidlanadi.
Ikkinchi holda bakteriyalarning roli tem ir (II) sul’fatini temir (III) sul'fidiga oksidlash jarayonini tezlashtirishdan iborat.Oddiy xarakat va kislorodning bomisida bakteriyalar ishtirokisiz bu jarayon juda sekin kctadi. Bakterial tanlab eritish bakteriyalarning xayot faoliyati uchun qulay sharoit (bo'tanani xavo yordamida ag'rasiyalash, harorat 128 28—35°C pH 1,7-2,4) da ketadi. Jarayonning davomiyligi 9 0 - 120 soat.Yuzasi ochilgan oltin zarralarini saqlovchi qattiq cho'kma suyuq fazadan ajratiladi,yuviladi va sianlash jarayoniga yuboriladi.
«Sao - Bento» (Braziliya) fabrikasida bakterial- avtoklavda tanlaberitish qurilmasining apparatlar tizimi sxemasi
1 – boyitmalarni qabul qiluvchi chan, 2 – bo‗tana tayyorlash uchun aralashtirgich, 3 – xajmi 580 m3 bo‗lgan bioreaktor, 4- quyultirgich, 5 avtoklav
AQSHda sulfidli qaysar rudalardan oltin ajratib olishning biogidrometallurgik texnologiya qurilmasi ―Tonkin Springs‖ fabrikasining US Gold i Homestake Mining. kompaniyasi tomonidan joriy qilingan. Fabrikada oltin saqlovchi qaysar ruda qayta ishlanadi. Ruda tarkibida 3,9 g/t oltin, 0,25% mыshyak, 1,34% oltigugurt, 1,76% temir i 0,39% organik uglerod mavjud. Mayda yanchilgan rudani
to‗g‗ridan-to‗g‗ri sianlashda oltinni ajratibolish 60 % dan oshmaydi. SHuning uchun oltin ajratib olishda 0,044 mm gacha yanchilgan dastlabki rudani bakterial oksidlashdan foydalanilgan. Rudani bakterial tanlab eritish (1500 t/sutka) pH 2-1,0 bo‗lganda diametri 16 m va balandligi 13 m bo‗lgan 4 ta bioreaktorda T.ferrooxidans bakteriyasidan foydalanilgan xolda amalga oshiriladi. Bioreaktorlarda xaroratning optimal darajasi 30- 400C, bo‗tananing zichligi qattiq massasi 30% dan ko‗p emas. Bakterial tanlab eritishning davomiyligi bunday sharoitlarda 60 soatni tashkil qiladi. Bo‗tana quyiltirilgan va neytrallangandan so‗ng 24 soat davomida sorbsion tanlab eritishga yuboriladi. Bu texnologiya bo‗yicha oltinni ajratib olish 90% ni tashkil qiladi.
|
| |