Transformatorning ish rejimlari




Download 0,51 Mb.
bet3/3
Sana30.11.2023
Hajmi0,51 Mb.
#108187
1   2   3
Bog'liq
Mavzu. Transformatorlar bo’yicha
Метод мозговой атаки (штурма 24.03, Презентация2, 1-mustaqil ta'lim mavzulari, statistika, DARS ISHLANMASI yuza, Shomuroduv Jurabek 1, O‘SMIRLARDA MUVAFFAQIYATGA ERISHISH MOTIVATSIYASINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI, Borliq materiya va subdtantsiya tushunchalari, Formal mantiq yoki to\'g\'ri tafakkur qonunlari, MADANIYAT VA SIVLIZATSIYA TUSHUNCHALARINING O\'ZARO NISBATI, O\'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash tizimi, Budjet soliq siyosati, Русский язык как средство общения, Sherobod 1
Transformatorning ish rejimlari

Salt ishlash rejimi. Transformatorlarni ishlatish jarayonida ko‘pgina vaqtularning birlamchi chulg‘ami manbaga ulanib, ikkilamchi uchlari bo‘sh qoladi.
Bunday rеjim transformatorning salt (yuklamasiz) ishlash rejimi dеyiladi. Salt ishlashrejimida U1 = Unom va I2 = 0 bo‘ladi. Bunga mos sxеma 4.6-rasmda ko‘rsatilgan.

Transformatorning birlamchi chulg‘amiga bеrilgan sinusoidal kuchlanish U1 ta’sirida chulg‘amdan salt ishlash toki I0 w1 oqib o‘tadi. Bu tokning magnitlovchi kuchi I0 w1 po‘lat o‘zak bo‘ylab tutashuvchi asosiy magnit oqimi Ф = Фmsinωt ni va qisman havo hamda po‘lat o‘zak orqali tutashib tarqalgan magnit oqimi Ф1S ni hosil qiladi. Bu o‘zgaruvchan magnit oqimlari o‘zining chulg‘amlarda induksiyalangan EYuK lari bilan quyidagi bog‘lanishga ega:

Yuklama rejimi. Bu rejimda kuchlanish yuklamaga bog‘liq emas.
Transformatorning ikkilamchi chulg‘amini biror yuklama ga ulaganimizda EYuK E2 ta’sirida undan I2 yuklama toki Z2n o‘ta boshlaydi. Bu tok hosil qilgan magnitlovchi yoki kuch 2̅ w2 po‘lat o‘zak va havo orqali tutashgan, tarqalgan magnit oqimi Ф2S ni hosil qiladi (4.7-rasm).

Qisqa tutashuv rejimi. Bu rejimda ikkilamchi chulg‘am uchlari o‘zaro tutashib, tashqi qarshilik Z2n = 0 bo‘ladi. Transformator uchun bunday rejim nomaqbul rejim hisoblanadi. Bunda ikkilamchi, shuningdek birlamchi tok nominalidan 18- 20 marta
ortib ketadi. Bu hodisaga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun real sharoitlarda transformatorni qisqa tutashuv tokidan saqlash maqsadida avtomatik ajratkichlar o‘rnatiladi. Transformatorlarni laboratoriya sharoitida tekshirish uchun «qisqa tutashuv» pasaytirilgan kuchlanishlarda amalga oshiriladi.
Transformator nominal yuklama bilan ishlaganda uning chulg‘amlaridan nominal tok o‘tib, chulg‘amlar qiziydi. Keltirilgan quvvat bir qismining issiqlik tarzida atrof-muhitga tarqalishi miss chulg‘amlardagi quvvat isrofi Pm deyiladi, uni
transformatorning qisqa tutashuv rejimida ishlash tajribasidan (4.9-rasm) aniqlanadi.
Sxemadan ko‘rinadiki, transformatorning ikkilamchi chulg‘ami ampermetr A2 orqali qisqa tutashtirilgan.

Tajriba vaqtida birlamchi chulg‘amga potensiometr P yordamida ikala chulg‘amdan ham nominal toklar (I1 = I 1 nom ; I 2 = I 2 nom) o‘tadigan darajada pasaytirilgan kuchlanish beriladi. Bu kuchlanish transformatorning qisqa tutashuv kuchlanishi (Uq) deyiladi:

Qisqa tutashuv kuchlanishi transformator nominal kuchla- nishining kichik ulushini (U k ≈ 0,1U1n) tashkil etgani uchun po‘lat o‘zakdagi quvvat isrofi P n ≈ 0 deyish mumkin. U holda qisqa tutashuv paytida vattmetr ko‘rsatgan quvvat Pq miss
chulg‘amlarning qizishiga sarf bo‘lgan quvvat isrofi P ga teng bo‘ladi, ya’ni:

Tajribadan olingan ma’lumotlar bo‘yicha transformatorning qisqa tutashuv parametrlarini aniqlash mumkin:



Foydalanilgan adabiyotlar

1. A.I.Xonboboyev, N.A.Xalilov “Umumiy elektrotexnika va
elektronika asoslari” Toshkent 2000y
2. G.N. Aleksandrova “Teoriya elektricheskix apparatov”
M.Energiya 1985g.
3. Rodshtyeyn L.A. “Elektricheskie apparat” Energiyoatomizdat 1989g.
4. Sh.T.Nasriddinov “Kon elektrotexnika” , “Konchilik
korxonalarining elektr uskunalari” O’quv qo’llanma
Toshkent 1995y.
Download 0,51 Mb.
1   2   3




Download 0,51 Mb.