• Sifon quvur.
  • Quvurning tejamli diametrini topish haqida tushuncha




    Download 9.5 Kb.
    bet2/4
    Sana08.05.2023
    Hajmi9.5 Kb.
    #57546
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Mavzu №11. Suv o‘tkazgich quvurlarni gidravlik hisoblash. Teshik-fayllar.org
    10-sinf infor test 3chorak, Фотоника Маг Химоя тақризчилар, химоя 2022, СХ-02М, 201 k Abdullayev Doston mt5, 9 monitoring test, 14-mavzu Yasashga doir geometrik masalalar haqida tushuncha. Ge, 3-sinf matematika darsligi mazmuni bilan tanishtirish metodikasi, Lecture 25 (2), innovatsion ped tex mid term 3 course, Kurs ishi ramka ElMash, 6666, 7856785, 6876786786786Microsoft Word (2), 1, 222222222
    Quvurning tejamli diametrini topish haqida tushuncha
    Quvurlar sistemasini loyihalashda berilgan uzunlikdagi quvurdan suyuqlikni oqizib, berilgan sarfni olish uсhun kerak bo`lgan bosimni hisoblash masalasi muhim o`rin tutadi. Quvurning asosiy tenglamasidan ko`rinadiki, berilgan uzunlik va sarfga diametr ortishi bilan qarshilik koeffitsiyenti kamayib boradi, demak, shu sarfni ta'minlovсhi bosim ham kamayadi. Bu o`z navbatida suvni quvurdan oqizish uсhun sarf bo`ladigan energiyaning kamayishiga olib keladi, ya'ni suyuqlikni quvurdan haydovсhi nasos kamroq elektroenergiyasi sarflaydi. Ikkinсhidan, quvur diametrining ortishi unga sarf bo`ladigan kapital mablag`ning ortishiga olib keladi (diametri katta quvurga ko`proq metal sarf bo`ladi). Shunday qilib, quvurning eng qulay diametrini tanlash masalasi texnik-iqtisodiy hisoblash,ya'ni quvurlar sistemasini yaratishga sarf bo`ladigan mablag` (quvurlar, nasos stansiyasi va h.) ning qiymati va undan foydalanishdagi harajatlar (elektr energiyasi, odamlar xizmati va h.) qiymatini solishtirish yo`li bilan hal qilinadi.
    Quvurdagi bosimning katta-kichikligiga qarab turli materiallardan qilingan quvurlar ishlatish mumkin. Masalan,bosim 1 MH/m2 gacha bo`lganda vodoprovod quvurlari uchun cho`yan quvurlar, katta bosimlar uchun esa po`lat quvurlardan foydalaniladi. Bundan shuni hisobga olish kerakki, GOST da cho`yan quvur uchun ichki diametr, po`lat quvur uchun esa tashqi diametr qabul qilingan.
    Sifon quvur. Bir qismi suyuqlik bilan ta'minlovchi idishdan yuqorida joylashgan sodda quvur sifon quvur deb ataladi (9.16-rasm). Sifonni sodalashtirib ikki (ta'minlovchi va qabul qiluvchi) idishlarni tutashtiruvschi U ko`rinishdagi quvur sifatida tasvirlash mumkin. Bu holda uning egilgan qismi idishlardagi suyuqli sathlaridan H balanlikda bo`lib, undagi suyuqlik idishdagi suyuqliklar sathlarining farqi H hisobiga oqib turadi. Shuni aytish keraki, suyuqlik sifonda avval birinchi idish sathidan H balandlikka ko`tarilib, so`ngra ikkinchi idishga tushadi. Bunday quvurning o`ziga xos xususiyati shundaki, unda bosim ko`tariluvchi qismida ham, pastga tushuvchi qismida ham atmosfera bosimidan pastdir. Sifon quvurlardan asosan neft mahsulotlarini sisternalardan quyib olish, suv sig`imlarini bo`shatish, do`nglik yerlarda vodoprovod o`tkazish va hokazolardan foydalaniladi. Sifon ishlay boshlashi uchun avval uni suyuqlik bilan to`ldirish kerak. Agar sifon mahkamlangan metall quvurdan iborat bo`lsa, uning yuqori nuqtasida havoni so`rib olish uchun maxsus jo`mrak o`rnatiladi.

    Download 9.5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 9.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quvurning tejamli diametrini topish haqida tushuncha

    Download 9.5 Kb.