• Titrometrik analiz usuli
  • Kislota–asosli titrlash usuli
  • Kislota–asosli titrlash, oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash, cho`ktirish va kompleks hosil qilish usullari tushunchalari




    Download 172,42 Kb.
    bet12/35
    Sana16.12.2023
    Hajmi172,42 Kb.
    #120263
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
    Bog'liq
    8,9,

    Kislota–asosli titrlash, oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash, cho`ktirish va kompleks hosil qilish usullari tushunchalari.
    Gravimetrik analiz usuli deb komponent (element yoki ion) miqdorini analiz qilish natijasida olingan moddaning massasiga qarab aniqlashga aytiladi. Bu guruh usullarida analiz qilinayotgan moddaning aniqlanayotgan qismi toza holda yoki ma`lum tarkibli birikma holida ajratib olinib og`irligi o`lchanadi.
    Masalan, bariyning uning birikmalaridagi miqdorini aniqlash uchun Ba2+ ioni suyultirilgan sulfat kislota yordamida cho`ktiriladi:
    BaCl2 + H2SO4 = BaSO4↓ + 2HCl
    BaSO4 cho`kmasi filtrlanadi, yuviladi, qizdiriladi va aniq tortiladi. BaSO4 cho`kmasining massasi va uning formulasini bilgan holda unda qancha bariy borligi hisoblanadi. Gravimetrik analiz usuli yuqori aniqlikdagi natijalar beradi, ammo u ko`p vaqt va mehnat talab qiladi.
    Titrometrik analiz usuli deb aniqlanayotgan komponent bilan reaksiyaga sarf bo`lgan reaktiv miqdorini aniq o`lchashga asoslangan usulga aytiladi. Reaktiv aniq konsentratsiyali eritma shaklida olinadi–titrlangan eritma. Aniqlanayotgan komponent miqdoriga ekvivalent miqdordagi reaktiv qo`shilgan vaqt, ya`ni reaksiyaning tugash vaqti turli usullar bilan aniqlanadi. Titrlashda aniqlanayotgan modda miqdoriga ekvivalent miqdorda reaktiv quyiladi. Aniqlanayotgan modda bilan reaksiyaga sarf bo`lgan eritmaning hajmi va aniq konsentratsiyasini bilib aniqlanayotgan modda miqdori hisoblanadi.
    Titrometrik analiz usuli gravimetrik analiz usuliga nisbatan kamroq aniqlikdagi natijalar beradi, lekin analiz juda tez bajariladi. Titrlash vaqtida boradigan reaksiyalarning turiga qarab titrometrik analiz usuli quyidagi usullarga bo`linadi: kislota–asosli titrlash usuli, oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash usuli, cho`ktirish va kompleks hosil qilish usuli.
    Kislota–asosli titrlash usuli deb asosida neytrallanish reaksiyasi yotuvchi analiz usuliga aytiladi. Kislota–asosli titrlash usuli kislota va ishqorlarni miqdoriy aniqlashda qo`llaniladi.
    Oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash usuli deb asosida oksidlanish–qaytarilish reaksiyasi yotuvchi analiz usuliga aytiladi. Oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash usuli bir qator usullarga bo`linadi: permanganatometriya, yodometriya, yodxlorometriya, bromatometriya, dixromatometriya, serimetriya, nitritometriya usullari.


    Download 172,42 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




    Download 172,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kislota–asosli titrlash, oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash, cho`ktirish va kompleks hosil qilish usullari tushunchalari

    Download 172,42 Kb.