• 3. Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalariga eritma muhitining ta`siri.
  • Oksidlovchining ekvivalenti
  • Mavzuga oid tayanch iboralar. 1. Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari
  • Oksidlanish darajalari o`zgarmaydigan reaksiyalar
  • Disproporsiyalanish yoki o`z–o`zidan OQR
  • Oksidlanish
  • Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarini tenglash usullari




    Download 172,42 Kb.
    bet8/35
    Sana16.12.2023
    Hajmi172,42 Kb.
    #120263
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
    Bog'liq
    8,9,

    2. Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarini tenglash usullari.
    Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarini tenglashtirishning ikki xil usuli bor: elektron–balans usuli va ionli–elektron (yarim reaksiya) usuli.
    1. Elektron–balans usuli–bu usulning asosida, qaytaruvchi yo`qotgan elektronlarning umumiy soni, oksidlovchi biriktirib olgan elektronlarning umumiy soniga teng bo`lishi kerak. Masalan, kislotali sharoitdagi reaksiya.

    Oksidlanish jarayoni S+4 – 2e = S+6 2 5
    Qaytarilish jarayoni Mn+7 + 5e = Mn+2 5 2
    2KMnO4 + 3H2SO4 + 5Na2SO3 = 2MnSO4 + 5Na2SO4 + K2SO4 + 3H2O
    2. Ion–elektronli usul–bu usulda oksidlovchi, qaytaruvchi va ularning reaksiya mahsulotlari ion holida yozilib, keyin yarim reaksiyalar tenglamasi tuziladi. Kuchli elektrolitlar ion holida, kuchsiz elektrolitlar, gazlar va cho`kmalar esa molekula holida yoziladi.
    1–qoida.
    [O] + 2H+ + 2e = H2O
    MnO4 + 8H+ + 5e = Mn+2 + 4H2O
    2–qoida.
    [O] + 2H+ + 2e = 2OH
    MnO4 + 2H2O + 3e = MnO2 + 4OH
    3–qoida.
    H2O – 2e = [O] + 2H+
    SO3–2 + H2O – 2e = SO4–2 + 2H+
    4–qoida.
    2OH – 2e = [O] + H2O
    SO3–2 + 2OH – 5e = SO4–2 + H2O
    Masalan:
    KMnO4 + H2SO4 + Na2SO3 → MnSO4 + Na2SO4 + K2SO4 + H2O
    a) MnO4 + SO3–2 + 2H+ → Mn+2 + SO4–2 + … (1)
    MnO4 → Mn+2 (1) SO3–2 → SO4–2 (2)
    b) MnO4 + 8H+ → Mn+2 + 4H2O SO3–2 + H2O → SO4–2 + 2H+
    c) MnO4 + 8H+ + 5e → Mn+2 + 4H2O SO3–2 + H2O – 2e → SO4–2 + 2H+
    MnO4 + 8H+ + 5e→ Mn+2 + 4H2O 5 2
    SO3–2 + H2O – 2e → SO4–2 + 2H+ 2 5
    d) 2MnO4 + 16H+ + 5SO3–2 + 5H2O = 2Mn+2 + 8H2O + 5SO4–2 + 10H+
    2MnO4 + 5SO3–2 + 6H+ = 2Mn+2 + 5SO4–2 + 3H2O
    e) 2MnO4 + 5SO3–2 + 6H+ = 2Mn+2 + 5SO4–2 + 3H2O
    2K+ + 10Na+ + 3SO4–2 = 2SO4–2 + 10Na+ + 2K+ + SO4–2
    f) 2KMnO4 + 3H2SO4 + 5Na2SO3 = 2MnSO4 + 5Na2SO4 + K2SO4 + 3H2O


    3. Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalariga eritma muhitining ta`siri.
    Eritmalarda OQR kislotali, neytral yoki ishqoriy muhitda borishi mumkin. Eritmaning muhiti atomlar oksidlanish darajalarining o`zgarishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Masalan, MnO4 qaytarilish mahsulotlari muhitga bog`liq holda turlicha bo`lishi mumkin.




    → H+

    → Mn+2

    rangsiz eritma

    MnO4
    pushti rangli eritma

    → H2O

    → MnO2

    qo`ng`ir cho`kma




    → OH

    → MnO4–2

    yashil rangli eritma

    Eritmalarga kislotali muhit berish uchun, odatda, H2SO4 ishlatiladi. Masalan:
    2KMnO4 + 3H2SO4 + 5Na2SO3 = 2MnSO4 + 5Na2SO4 + K2SO4 + 3H2O
    Eritmalarga neytral muhit berish uchun, odatda, H2O ishlatiladi. Masalan:
    2KMnO4 + 3Na2SO3 + H2O = 2MnO2↓ + 3Na2SO4 + KOH
    Eritmalarga ishqoriy muhit berish uchun, odatda, KOH yoki NaOH ishlatiladi. Masalan:
    2KMnO4 + Na2SO3 + 2NaOH = Na2MnO4 + Na2SO4 + K2MnO4 + H2O
    Oksidlovchi va qaytaruvchilar doimo o`zaro ekvivalent miqdorlarda reaksiyaga kirishadi.
    Oksidlovchining ekvivalenti deb, OQR natijasida oksidlovchining qabul qilgan 1 mol elektronlariga mos keladigan miqdoriga aytiladi. Oksidlovchining ekvivalent massasi:

    Qaytaruvchining ekvivalenti deb, OQR natijasida qaytaruvchining bergan 1 mol elektronlariga mos keladigan miqdoriga aytiladi. Qaytaruvchining ekvivalent massasi:

    Bu yerda, Mr–oksidlovchi yoki qaytaruvchining molyar massasi, n – oksidlovchi qabul qilgan yoki qaytaruvchi bergan elektronlar soni.
    Bitta oksidlovchi yoki qaytaruvchining reaksiya sharoiti va muhitiga bog`liq holda turlicha bo`ladi. Masalan, KMnO4 ning ekvivalent massasi kislotali muhitda molyar massasining 1/5 qismiga, neytral muhitda 1/3 qismiga, ishqoriy muhitda esa uning o`ziga teng bo`ladi:
    a) MnO4 + 8H+ + 5e → Mn+2 + 4H2O
    .
    b) MnO4 + 2H2O + 3e = MnO2 + 4OH
    .
    c) MnO4 + e = MnO4–2
    .


    Oksidlanish–qaytarilish_reaksiyalari'>Mavzuga oid tayanch iboralar.

    1. Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari–elementlarning oksidlanish darajasi o`zgarishi bilan boradigan reaksiyalar.


    2. Oksredmetriya va redoksmetriya–OQR ga asoslangan bo`lib, eritmadagi oksidlovchi va qaytaruvchining miqdorini hajmiy analiz bilan aniqlash usuli.
    3. Oksidlanish darajalari o`zgarmaydigan reaksiyalar–asosan neytrallanish, almashinish, ayrim birikish va ajralish reaksiyalari.
    4. Oksidlanish darajalari o`zgaradigan reaksiyalar–asosan o`rin olish va ajralish (parchalanish) reaksiyalari.
    5. Molekulalararo OQR–oksidlanish darajasi o`zgaradigan element atomlari turli xil molekulalar tarkibiga kiradigan reaksiyalar.
    6. Ichki molekulyar OQR–oksidlanish darajasi o`zgaradigan element atomlari bir molekula tarkibiga kiradigan reaksiyalar.
    7. Disproporsiyalanish yoki o`z–o`zidan OQR–bir atomning oksidlanish darajasi ham ortadigan, ham kamayadigan reaksiyalar.
    8. Oddiy OQR–ikkita element atomlari yoki ionlari ishtirok etib oksidlanishi yoki qaytarilishi hisobiga sodir bo`ladigan OQR.
    9. Murakkab OQR–ikkitadan ortiq element atomlari yoki ionlari ishtirok etib oksidlanishi yoki qaytarilishi hisobiga sodir bo`ladigan OQR.
    10. Qaytaruvchi–o`zidan elektron beradigan atom, molekula yoki ion.
    11. Oksidlanish–elektron berish jarayoni bo`lib, bunda qaytaruvchi oksidlanadi va oksidlanish darajasi ortadi.
    12. Oksidlovchi–o`ziga elektron qabul qiladigan atom, molekula yoki ion.
    13. Qaytarilish–elektron qabul qilish jarayoni bo`lib, bunda oksidlovchi qaytariladi va oksidlanish darajasi kamayadi.
    14. Elektron–balans usuli–asosida qaytaruvchi yo`qotgan elektronlarning umumiy soni, oksidlovchi biriktirib olgan elektronlarning umumiy soniga teng bo`lishi kerak bo`lgan OQR tenglash usuli.
    15. Ion–elektronli usul–bu usulda oksidlovchi, qaytaruvchi va ularning reaksiya mahsulotlari ion holida yozilib, keyin yarim reaksiyalar tenglamasi tuziladi.
    16. Oksidlovchining ekvivalenti–OQR natijasida oksidlovchining qabul qilgan 1 mol elektronlariga mos keladigan miqdori.
    17. Qaytaruvchining ekvivalenti–OQR natijasida qaytaruvchining bergan 1 mol elektronlariga mos keladigan miqdori.



    Download 172,42 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




    Download 172,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarini tenglash usullari

    Download 172,42 Kb.