• 3. Formulalar bo`yicha hisoblashlar. Foiz konsentratsiyali eritmalarni tayyorlashdagi hisoblar.
  • Molyar va normal konsentratsiyali eritmalarni tayyorlashdagi hisoblar.
  • Foiz, molyar, normal, molyal, titr konsentratsiyali eritmalar




    Download 172,42 Kb.
    bet4/35
    Sana16.12.2023
    Hajmi172,42 Kb.
    #120263
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
    Bog'liq
    8,9,

    2. Foiz, molyar, normal, molyal, titr konsentratsiyali eritmalar.
    Eritmalar konsentratsiyalari asosan quyidagi turlarga ajratiladi:
    a) Erigan moddaning massa ulushi yoki foiz konsentaratsiyasi–100 g eritmada erigan modda miqdori.

    Bu konsentratsiya massa ulushlarida yoki foizlarda ifodalanadi.
    b) Molyar konsentratsiya–1000 ml (1 l) erituvchida 1 mol modda erigan eritma.
    yoki
    c) Normal konsentratsiya–1000 ml (1 l) erituvchida 1 g/ekv modda erigan eritma.

    d) Molyal konsentratsiya–1000 g (1 kg) erituvchida 1 mol modda erigan eritma.
    yoki
    e) Titr–1 ml (1 sm3) erituvchida erigan modda miqdori.
    yoki


    3. Formulalar bo`yicha hisoblashlar.
    Foiz konsentratsiyali eritmalarni tayyorlashdagi hisoblar.
    Foiz konsentratsiyali eritmalarni tayyorlashda modda o`lchovli texnik–kimyoviy tarozilarda tortib olinadi, suyuqliklar esa o`lchovli silindr bilan o`lchanadi. Shuning uchun moddaning og`irligi 0,1 g gacha, suyuqlikning hajmi esa 1 ml gacha aniqlik bilan hisoblanadi.
    Eritmani tayyorlashga kirishishdan avval hisoblab chiqish zarur, ya`ni berilgan konsentratsiyadagi eritmaning ma`lum miqdorini tayyorlash uchun eriydigan modda va erituvchining miqdorini hisoblash kerak.
    1–misol. 500 g 5 % li KNO3 eritmasini tayyorlash uchun kerak bo`ladigan modda miqdorini aniqlang.

    Berilgan:
    m (eritma) = 500 g.
    ω (KNO3) = 5 %
    Topish kerak:
    m (KNO3) = ?

    Yechish:
    100 g eritma – 5 g KNO3
    500 g eritma – x g KNO3


    2–misol. 38 % li va zichligi d=1,19 bo`lgan HCl dan 500 g 10 % li eritma tayyorlash uchun kerak bo`ladigan HCl miqdorini aniqlang.

    Berilgan:
    m (eritma) = 500 g.
    ω (HCl) = 10 %
    ω (HCl) = 38 %
    Topish kerak:
    m (HCl) = ?

    Yechish:
    a) 100 g eritma – 10 g HCl
    500 g eritma – x g HCl

    b) 100 g eritma – 38 g HCl
    500 g eritma – x g HCl

    c)

    Molyar va normal konsentratsiyali eritmalarni tayyorlashdagi hisoblar.


    Molyar va normal konsentratsiyadagi eritmalarni tayyorlash uchun moddaning og`irligi analitik tarozilarda tortib olinadi, eritmalar esa o`lchov kolbasida tayyorlanadi. Kislota eritmalarini tayyorlashda kislota konsentrlangan eritmasining kerakli hajmi shisha jo`mrakli byuretka bilan o`lchanadi. Eruvchi moddaning og`irligi to`rtinchi o`nli belgigacha aniqlik bilan hisoblanadi, molekulyar massalar esa ma`lumot jadvallarida keltirilgan aniqlik bilan olinadi. Konsentrlangan kislotaning hajmi ikkinchi o`nli belgigacha aniqlik bilan hisoblanadi.
    1–misol. 2 litr 0,2 M eritma tayyorlash uchun necha g BaCl2 kerak bo`ladi?

    Berilgan:
    V (eritma) = 2 litr.
    CM (BaCl2) = 0,2 M
    Topish kerak:
    m (BaCl2) = ?

    Yechish:
    1 litr 0,2 M eritma 208,27•0,2 = 41,654 g BaCl2
    2 litr 0,2 M eritma 41,654•2 = 83,308 g BaCl2


    Download 172,42 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




    Download 172,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Foiz, molyar, normal, molyal, titr konsentratsiyali eritmalar

    Download 172,42 Kb.