• Mavzu: Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari. O`quvchi–talaba bilishi kerak: 1. Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari va ularning turlarini;
  • 4. Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalariga eritma muhitining ta`sirini. Yangi darsning bayoni.
  • Oksredmetriya va redoksmetriya
  • Mavzular ro`yxati




    Download 172,42 Kb.
    bet7/35
    Sana16.12.2023
    Hajmi172,42 Kb.
    #120263
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
    Bog'liq
    8,9,

    Mavzuga oid adabiyotlar:

    1. M. S. Mirkomilova: «Analitik kimyo», Toshkent, «O`zbekiston» nashriyoti, 2005 yil, 23–33 betlar;


    2. M. G`ulomova: «Analitik kimyo», Toshkent, «Talqin» nashriyoti, 2005 yil, 7–26 betlar;
    3. U. Haydarov: «Analitik kimyo», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007 yil, 16–36 betlar.


    Mavzu: Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari.


    O`quvchi–talaba bilishi kerak:
    1. Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari va ularning turlarini;
    2. Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarini elecktron-balans usulida tenglashtirishni ;
    3. Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarini yarim-reaksiyalar usulida tenglashtirishni;
    4. Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalariga eritma muhitining ta`sirini.


    Yangi darsning bayoni.

    1. Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari va ularning turlari.

    Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari (OQR) tabiatda juda keng tarqalgan bo`lib, kimyo sanoatida, xalq xo`jaligi tarmoqlarida, shuningdek dorishunoslik sanoatida keng qo`llaniladi. Biologik va yashash jarayonida muhim bo`lgan nafas olish, yemirilish va fotosintez ko`p bosqichli katalitik OQR hisoblanadi. Bu mavzuni chuqur bilish analitik, biologik, farmatsevtik va toksikologik kimyoni hamda farmakologiya va patofiziologiyani o`rganishda yordam beradi.
    Oksredmetriya va redoksmetriya OQR ga asoslangan bo`lib, eritmadagi oksidlovchi va qaytaruvchining miqdorini hajmiy analiz bilan aniqlash usulidir. Oksredmetriya va redoksmetriya farmatsiyada, biokimyoda, sanitary va klinik tekshirishlarda (masalan, Cu2+, K+ ionlari konsentratsiyasini, atsetonni, xinonni, gidroxinonni, askorbin kislotani, fermentlardan katalaza peroksidini aniqlashda) keng qo`llaniladi.
    Barcha kimyoviy reaksiyalar ikkiga bo`linadi:
    1. Reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajalari o`zgarmaydigan reaksiyalar, ularga neytrallanish, almashinish, ayrim birikish va ajralish reaksiyalari misol bo`ladi.
    HCl + NaOH = NaCl + H2O MgCO3 = MgO + CO2
    CaCl2 + K2CO3 = CaCO3↓ + 2KCl SO3 + H2O = H2SO4
    2. Reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajalari o`zgaradigan reaksiyalar, ularga o`rin olish va ajralish (parchalanish) reaksiyalari misol bo`ladi.
    Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2↑ 2Pb(NO3)2 = 2PbO + 4NO2↑ + O2
    Elementlarning oksidlanish darajasi o`zgarishi bilan boradigan reaksiyalar oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari deb ataladi. OQR uch turga bo`linadi: molekulalararo, ichki molekulyar va o`z–o`zidan oksidlanish–qaytarilish (disproporsiyalanish) reaksiyalari.
    1. Molekulalararo OQR da oksidlanish darajasi o`zgaradigan element atomlari turli xil molekulalar tarkibiga kiradigan reaksiyalar kiradi. Masalan:

    2. Ichki molekulyar OQR da oksidlanish darajasi o`zgaradigan element atomlari bir molekula tarkibiga kiradi. Masalan:

    3. Disproporsiyalanish yoki o`z–o`zidan OQR da bir atomning oksidlanish darajasi ham ortadi, ham kamayadi. Ya`ni o`sha atom reaksiyada ham oksidlovchi bo`ladi, ham qaytaruvchi bo`ladi. Masalan:

    OQR da ikkita element atomlari yoki ionlari ishtirok etib oksidlansa yoki qaytarilsa oddiy OQR, ikkitadan ortiq element atomlari yoki ionlari ishtirok etib oksidlansa yoki qaytarilsa murakkab OQR deb ataladi.
    O`zidan elektron beradigan atom, molekula yoki ion qaytaruvchi deyiladi. Elektron berish jarayoni oksidlanish deyiladi, bunda qaytaruvchi oksidlanadi va oksidlanish darajasi ortadi.
    Na0 – e = Na+ H20 – 2e = 2H+ Fe+2 – e = Fe+3
    O`ziga elektron qabul qiladigan atom, molekula yoki ion oksidlovchi deyiladi. Elektron qabul qilish jarayoni qaytarilish deyiladi, bunda oksidlovchi qaytariladi va oksidlanish darajasi kamayadi.
    S0 + 2e = S–2 Cl20 + 2e = 2Cl N+5 + 3e = N+2



    Download 172,42 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




    Download 172,42 Kb.