|
Mehmonxonalarni tasniflash
|
bet | 10/13 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 110,11 Kb. | | #132888 |
Bog'liq manba rejalashtirishTashkiliy-ma'muriy usullar boshqarish usullari tizimida alohida o'rin tutadi. Bu usullarga:
boshqapish apparatining muayayyan strukturasini tuzish;
har bir boshqaruv bo`g`inining funksiyalarini belgilash;
kadrlarni to'g*ri tanlash;
buyruqlar, farmoyishlar va qo`llanmalar chiqarish,ularning bajarilishini nazorat qilish;
topshiriqlar va direktiv ko'rsatmalarni bajarmayotgan bo'linma va shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qo’llash kiradi.
Ma'muriy yoki to'g'ridan-to'g'ri boshqaruv usuli xo jalik yurituvchi subyektning tanlash erkinligini cheklab qo'yadi,muayyan huquqiy chegaralarini belgilaydi. O'z mohiyatiga ko'ra, ma'muriy boshqarish bozorga xos bo'lgan tartibga solish harakatiga to*sqinlik qiladi.
Biroq rivojlangan bozor sharoitida ham boshqarishning ma'muriy usullari o'z ahamiyatini saqlab qoladi va zarur bo'lganda ulardan foydalaniladi. Xususan, bozor iqtisodiyoti rivojlangan hamma mamlakatlarda ma'muriy usullar vositasida monopoliyaga qarshi siyosat amalga oshiriladi. Davlat bozorning monopollashtirilishiga to sqinlik qiladigan ma'muriy cheklovlar tizimini belgilaydi, monopol kompaniyalar faoliyatini direktiv yo'sinda boshqaradi.
Boshqaruvning tashkiliy-ma'muriy uslublari boshqariluvchi obyektga yozma yoki og'zaki tarzda beriladigan buyruqlar,farmoyishlar, ko'rsatmalar, ularning bajarilishi ustidan nazorat,mehnat intizomini saqlashning ma`muriy vositalari tizimi va h.k.orqali bevosita ta'sir ko'rsatadi.
Boshqarishning u yoki bu vazifalarini hal qilish uchun muayan organlar tuziladi. Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yuqori organlarga ho'ysunishi va ularning o'rtasidagi o zoro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini tashkil qiladi. U biron bir boshqaruv organining bo'limlari tarkibini bildiradi.
"Struktura" lotincha so°z bo'lib narsalar tarkibiy qismlarining Boshqarishning strukturasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funksiyalarini bajaruvchi bir-biri bilan bohlangan turli boshqaruv organlari va bo'g'inlarining majmui tushuniladi.
Boshqarishining maqsadlari, funksiyalari. vaziflari, ob`enktlari va organlari ularning tashkiliy strukturasini belgilab beradi .
|
| |