|
Mehmonxonalarni tasniflash
|
bet | 7/13 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 110,11 Kb. | | #132888 |
Bog'liq manba rejalashtirish«Xizmatlar sifati» nima? Sifat deganda ko'rsatilayotgan xizmatlar kutilayotgan yoki belgilangan standartlarga mos kelishi tushuniladi. demak, standartlar, ularning real shakli va mazmuni xizmat ko'rsatish sifatini baxolash ko'rsatkichi hisoblanadi.Iste'molchi uchun unga ko'rsatilgan xizmat sifatini baxolash ko rsatkichi-bu uning konikkanligi, ya'ni olingan xizmat sifatining
kutilganiga mos kelishdir. Mijozning goniqqanligi ko'rsatkichi uning yana bir marta kaytish va o'z dustlari va tanishlariga buni maslaxat berish istagidir.
Mehmonxona ma'muriyati,xizmatchilar va mijozlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni belgilab beruvchi asosiy hujjatlardan biri «Mehmonxona xizmatlari ko'rsatish koidalari»hisoblanadi.
Mehmonxona korxonasi xizmatlarining sifatiga quyidagi omillar ta`sir ko'rsatadi:
Avvalo, moddiy-texnika bazasining xolati, ya'ni: mehmonxona binolarning qulay rejalashtirilganligi va sifatli jixozlanganligi,jamoat va yashash xonalarining qulay mebel va uskunalar bilan jixozlanganligi toliq komplektli yukori sifatli choyshablar,zamonaviy oshxona jixozlari, qulay liftlar va x.k.
Keyingi omil-xizmat ko'rsatishning ilgor texnologiyasi. Bunga:jamoat va turar xonalarni tozalash tartibi va usullari; mijozlarni ro'yxatga olish va ular bilan hisob-kitob kilshi, restoran va barlarda ovkatlar va ichimliklarni tayyorlash reseptlari, savdo zallarida xizmat ko'rsatish shakllari va boshqalar kiradi.
Mexmonxona xizmatlari silatini boshqarish amaliyotida besh bosqichli yoki konseptual model nomi bilan mashxur bulgan xizmat ko'rsatish sifati modeli keng qo’llaniladi.
Birinchi bosqich: Iste`molchining umidlari va mexmonxona rahbariyatining munosabati. Bu bosqichda mexmonxona rahbariyati o’z mijozlari nimani xoxlashini tushunmaydi. U uz mijozlarining chtiyojlarini bilmaydi. Aksariyat mexmonxonalar bozor talabini aniglash uchun tadkikotlar o’tkazadi, biroq keyin rahbariyat firmaning ichki muammolariga chalgib. mijozlarning talablari uzgarishini yoddan chiqaradi
|
| |