• III. Yangi mavzu bayoni
  • II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash




    Download 1,77 Mb.
    bet2/3
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,77 Mb.
    #99128
    1   2   3
    Bog'liq
    4 sinf tikuvchilik chok turlari

    II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash
    O`quvchilar turli kasblar haqida yod olgan she`rlarini aytib berishadi.
    Mashinam pishqiradi,
    G`izzilab tez yuradi.
    Haydovchiman tin bilmas,
    Manzilin aytsangiz, bas. (Haydovchi)
    Juda ko`p hunarlar bor,
    Eng keragi duradgor.
    Yasayman turli jihoz,
    Ustaxonam keng va soz. (Duradgor)
    Men bo`lg`usi shifokor,
    O`z kasbimga mehrim bor.
    Davolayman bemorni,
    Bundan yaxshi ish bormi?( Shiforkor)
    Ota kasbim nonvoylik,
    Bu kasbda bor ezgulik.
    Mehrim qo`shib har nonga,
    Tutsam, deyman insonga.( Nonvoy)
    Men tikuvchi bo`laman,
    Onam kasbin olaman.
    Bejirim o`zbekona,
    Kiyim-kechak tikaman. (Tikuvchi)
    Barakalla bolajonlar.
    Qaysi rasmda kvilling usulida gulzor rasmi tayyorlangan?
    Kvilling nima?
    Kvilling usulida ishlash uchun bizga nimalar kerak bo’ladi?

    Tezkor savol-javob
    1.Xavfsizlik texnikasi qoidalaridan sanab bering.
    2.Yelim bilan ishlashda qanday qoidalarga rioya qilishingiz lozim?
    3.Igna bilan ishni tugatgandan so`ng ignani qayerga qo`yish lozim?
    4.Aplikatsiya usuli qanday usul?
    5.Origami usuli qanday usul?
    6.Oshxona jihozlaridan sanab bering?
    7.Tabiiy ashyolarga nimalar kiradi?
    8.Duradgorlik kasbi qanday kasb?
    9.Duradgorlarning asosiy xom ashyosi nima?
    10.Duradgorlik kasbida kerak bo`ladigan asboblar?
    11.Katamaran nima?
    12.Penoplast nima?
    O`quvchilar bilimi rag`batlantiriladi.
    III. Yangi mavzu bayoni

    “Tikuvchilik” mavzusi yuzasidan savol-javob o`tkaziladi.
    -Siz kiygan kiyimni kim tikkan?
    -Gazlamalar nimadan hosil bo`ladi?
    -Iplar qayerdan paydo bo`ladi?
    TIKUVCHILIK
    Siz kiyadigan liboslarni kim tikkanini, u qanday gaz lamalardan tayyorlanganligini bilasizmi? Kiyimni ozoda tutishning foydali jihatlarini sanab bera olasizmi?
    Qanday turdagi gazlamalarni bilasiz? Quyida o‘tkazilgan tajribadan nimani bilib olish mumkin? Nima uchun gazlamaning xususiyatini bilishimiz lozim? Kiyim-kechaklar qanday gazlamalardan tayyorlanadi?
    Nima uchun kiyim-kechaklar har xil gazlamalardan tikilishini o‘ylab ko‘ring.

    Gazlamalardan buyumlar quyidagi tartibda tayyorlanadi:
    1) gazlama tanlanadi;
    2) andaza asosida qismlar belgilab olinadi;
    3) belgilangan qismlar qirqiladi;
    4) ishlov beriladi va tikiladi.
    Dastro‘mol tikish uchun gazlama tanlab oling.
    O‘lchovini belgilang va qirqing.
    Tikish uchun Sizga qanday material va asboblar kerak bo‘ladi?

    O`quvchilarga chok turlari haqida ma`lumot beriladi.
    Chok tikishning bir nechta turlari bo`lib, ular, asosan, kiyimlarni ta`mirlashishlarida va kiyimlarni tikishda ishlatiladi.
    Bundan tashqari, choklar orqali kiyimlar uchun turli gullar va boshqa jilolar berish, kashta tikish mumkin.

    Oddiy, tepchima chok.



    Bu chok qanday vazifada ishlatilishiga qarab, 1,5 mmdan to 3 smgacha uzunlikdagi qiyiq bilan tikiladi. Bunda igna bitta yo`nalishda- buyumga nisbatan o`ngdan chapga qarab harakatlantiriladi. Bu chok bilan ko`pincha buyumning ikkita qismi vaqtincha ko’klab qo`yiladi va undan keyin shu chok bilan mayday qilib tikilsa, bezash choki vazifasini ham bajarishi mumkin.
    Bahya chok.
    Mato chetlarini mustahkamlashga xizmat qilib, matoga xuddi buklangandek, lekin bir tekis chok hamda masofa hisobga olinib tikiladi.Shundan so`ng mato o`girilib yana tikib chiqiladi. Bu chok juda qadimdan qo`lda keyinchalik mashinalarda tikiladigan bo`lgan.
    Xoch yoki iroqi chok.
    Iroqi chok xochlar tizmasidan tashkil topgan bo`lib, ko`proq kashta tikish ishlatiladi. Tikkan kashtangiz nafis va bejirim chiqishi uchun ignani to`g`ri ishlata olishi kerak.
    Halqa chok.
    Bu chok bilan chetlari yo`rmab chiqiladi.Shunigdek, bu chok bilan buyum chetlarini zich va pishiq qilib ulash ham mumkin. Chok qanday tikilishiga qarab, bir nechta usulda bo`ladi.
    Archasimon chok.
    Bu chokning tekis bo`lishi uchun qalam yoki ip bilan uchta parallel chiziq belgilab olish kerak. Ip gazlamaning teskari tomonidan o`ngiga o`rtasidagi chiziqdan chiqariladi.O`rtasidagi chiziq bilan ikki yon tomonidagi chiziqlar orasi bir xil bo`lishi kerak. Igna gazlamaning chap yon chizig`iga o`ng tomonidan qadaladi, bunda orqadagi qancha bo`lsa, o`ngdagi ip ham shuncha olinadi. Dastlab igna qadalgan joydan bir nechta ip tashlab, igna yana o`rta chiziqqa qadaladi, keying safar igna o`ng tomonga qadaladi. Bunda ip to`g`ri qavishdagi kabi bo`lmay, bir-biriga ilinib, burchak shaklida bo`ladi.
    Zanjir yoki popopchok.
    Bu chok ko`pincha kashtaning
    Chetini yoki kashta ichini to`ldirish uchun ishlatiladi. Chok tikish ipli ignani teskaridan o`ngga chiqarishdan boshlanadi.Igna bilan chiqqan ip gazlamaning o`ng tomoniga halqa qilib tikiladi.Igna bilan chiqqan ip gazlamaning o`ng tomonga halqa qilib tikiladi.Halqa chap qo`lning bosh barmog`I bilan ushlab turiladi va igna ip chiqqan teshikka sanchiladi. Zanjirlar o`lchami bir xil yoki turlicha bo`lishi mumkin.
    Iroqi chok bilan tikilgan buymlardan namunalar

    O`quvchilar bilan birgalikda chok turlarini tikamiz.Tikayotgan vaqtingizda barmog`ingizga angishvona taqing! Bu bilan siz qo`lingizga igna sanchilishining oldini olgan bo`lasiz.Xavfsizlikni unutmang!





    Download 1,77 Mb.
    1   2   3




    Download 1,77 Mb.