Yuklarni to’g’ri mahkamlash ortish-tushirish ishlarining xavfsiz bajarishda




Download 4,17 Mb.
bet51/61
Sana29.09.2024
Hajmi4,17 Mb.
#272893
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   61
Bog'liq
21.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligicover maryam o

Yuklarni to’g’ri mahkamlash ortish-tushirish ishlarining xavfsiz bajarishda katta ahamiyatga ega.
Agar yukni ko’chirish vaqtida zanjir va arqonlarning o’z-o’zidan echilib yoki siljib ketish ehtimoli bo’lsa, yuklarni tushib ketishi, baxtsiz hodisalar yuz berishi mumkin




    1. ilova





    1. ilova




  1. Ma’ruza: TRAKTOR VA AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI. REJA.


  1. Qisimlarga ajratish ishlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi.

  2. Traktor va avtomobillarga texnik xizmat kO‘rsatishda xavfsizlik texnikasi

  3. Metallarga sovuq ishlov berishda xavfsizlik texnikasi.

Traktor va avtomobillarga texnik xizmat turli xil sharoitlarda, jumladan, ochiq maydonlardagi ish joylarida va texnik xizmat ko‘rsatish punktlarida o‘tkaziladi. Agregatlarga ochiq sharoitlarda texnik xizmat ko‘rsatishda, и tekis gorizontal maydonga o‘rnatilishi va traktor g‘ildiraklari ostiga mustahkam ishonchli tirgaklar qo‘yilishi lozim. G‘ildiraklarni va yurish qismining boshqa qismlarini ko‘zdan kechirish yoki ta’mirlashda soz va ishonchli ishlaydigan yuk ko‘tarish moslamalaridan (domkratlar, tallar va b.) foydalanish zarur. Tirgaklar va tayanchlar sifatida g‘isht, shlakli bloklar, g‘ildirak disklari a shu kabi uyumlarni ishlatish taqiqlanadi.
Texnik xizmat ko‘rsatishga qo‘yilgan asosiy talablardan biri, ishni mashina to‘liq to‘xtagach, dvigatel ishlamayotgan va elektr uzatmalari ajratilgan holatda boshlash shartidir. Ayniqsa, gidrotizimlarning trubalari va shlanglarini ismlarga ajratishda ehtiyot bo‘lish talab etiladi. Bu ishlarni amalga oshirishdan oldin ishchi a’zolarni yerga tushirilgan holatda ekanligini tekshirish lozim, aks holda, shlanglar ajratilgach ishchi a’zo yerga tushib ketishi mumkin. Bundan tashqari bosimostidagi yog‘lar sachrab, turli xil shikastlanishlarga olib kelishi ham mumkin. Мa’- lumki,ТХК punktlarida estakadalardan keng foydalaniladi. Estakadalarga kirish yoki undan chiqish joylarida qaytaruvchi gardishlar va 25% dan ortiq bo‘lmagan qiyalikda maxsus уo‘naltiruvchi moslamalarbo‘lishi, oxiri berk estakadaga esa tayanch moslama qo‘yilishi, yon tomonlari balandligi 1m.li рапjагаto‘siq bilan to‘silgan bo‘lishi lozim. Etilli benzinda ishlovchi dvigatellarning detallarini qismlarga ajratish, rostlash va ta’mirlashda o‘ta ehtiyotkor bo‘lish, barcha ishlarni detallarni yaxshilab tozalab, kerosin bilan yuvilgach boshlash lozim. Bunday detallarga tetraetilqo‘rg‘oshinning ma’lum konsentratsiyasi bilan yupqa ishlov berilgan bo‘lib, bu modda inson organizmiga tushganda kuchli zaharlanishgaolib kelishi mumkin.
Akkumulator batareyalariga texnik xizmat ko‘rsatish ham zarur xavfsiz1ik qoidalarigaqat’iy amal qilishni talab etadi. Texnik xizmat ko‘rsatish qoidalariga muvofiq akkumulatorlar davriy ravishda 60 soat ishlagandan so‘ng qopqoq teshiklarini tozalab turish talab etiladi. Chunki bu teshiklarni iflosliklar bilan to‘lib qolishiakkumulator korpusini yorilib, elektrolitni sachrab ketishiga sabab bo‘ladi. Elektrolit sathini maxsus shisha naycha bilan tekshirish zarur. Kuchlanishni kuch vilkasi bilan tekshirishdan oldin, akkumulator tiqinlarini yechib mavjud gazlarni chiqarib yuborish va keyin tiqinlar yopilib, kuch vilkasini ishlatish kerak. Elektrolitni kislotaga bardoshli idishlarda (keramik, fayans, ebonit idishlar va b.)tayyorlash lozim. Shisha idishlardan foy-dalanish mumkin emas. Elektrolit
tayyorlashda dastlab idishga suv, keyin esa uzluksiz aralashtirilib tomchilatib sulfat kislota quyiladi. Gayka kalitlari o‘lchami gaykava bolt o‘lchamlariga mos kelishi, ularda yoriqlar va darzketishlar bo‘lmasligi kerak.
Agar bu moslamalar nostandart bo‘lsa, ularni ishonchlilik va arini dalolatnoma bilan hujjatlashtirish lozim. Elektr jihozlari bilan ishlashda ishdan oldin elektr qo‘shib- ajratgichini, yerga ulash simlarini, tok o‘tuvchi simlar izolatsiyasini tekshirish kerak. Bunday asboblar ishlatilganda rezina qo‘1qop va rezina tagliklardan foydalanish zarur. Elektr ish jihozini boshqa ish joyiga ko‘chirishda yoki ishchilar almashinishida, albatta, elektr ta’minotini ajratish talab etiladi. Agar ish davomida elektr jihozi qizib ketsa, uni sovutish va qayta ishga qo‘shganda ma’lum vaqtgacha salt rejimda ishlatish zarur.
Pnevmatik jihozlardan foydalanilganda shlanglarni zich birlashganligiga, jumraklar holatiga e’tibor berish, shlanglarni qayrilib qolishiga уo‘l qo‘ymaslik kerak. Наvоshlanglarini faqatgina havo jumraklarini yopib birlashtirish lozim.

SINOV SAVOLLARI



    1. Qisimlarga ajratish ishlarini bajarishda qanday xavfsizlik texnikasiga amal qilish kerak?

    2. Traktor va avtomobillarga texnik xizmat kO‘rsatishda xavfsizlik texnikalari mavjud?

    3. Texnik xizmat ko‘rsatishga qo‘yilgan asosiy talablar?

Foydalanilgan adabiyotlar: “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi”
O‘.R.Yo‘ldashev. O.D.Rahimov. 2002 yil Fan va texnologiya nashryoti

Internet manbalari ZiyoNET>Библотека<“Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi» http://library.ziyonet.uz>book


Baholash mezoni
Guruhda ishlashni baholash jadvali

Guruh

Javobning aniqligi va toliqligi (2-5 ball)

Taqdim etilgan axborot
yaqqolligi (2-5 ball)

Guruhning har bir a’zosi
faolligi (2-5 ball)

Umumiy ball miqdori (2+3+4)

Baho (5/4)

1

2

3

4

5

6

1
















2
















Har bir guruh mezonlar bo‘yicha ballarni jamlab, boshqa guruhlar chiqishini baholaydi. Guruh olgan baho guruhning har bir a’zosi bahosini belgilab beradi: 5 ball – “a’lo”; 4– “yaxshi”; 3 – “qoniqarli”; 2 ball – “qoniqarsiz”.
Dars yakuni O‘qituvchi o‘tgan yangi mavzu bo‘yicha tushunmagan savollarga javob beradi,darsni mustahkamlashdagi o‘quvchilar javobini muhokama qilib, o‘quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlaydi



O‘quvchilar faoliyatini baholash mezonlari

90-100 %

5 baho “a`lo”

75 – 89 %

4 baho “yaxshi”

60 – 74 %

3 baho “qoniqarli”





Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi №17

Download 4,17 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   61




Download 4,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuklarni to’g’ri mahkamlash ortish-tushirish ishlarining xavfsiz bajarishda

Download 4,17 Mb.