Ko’rik-tanlov bo’yicha bajarilgan ishlarni baholash mezonlari t.r
Birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqichlar bo’yicha 50 ball
1 Ko‟rik-tanlov anketasini tanlagan ijodiy g‟oyasi asosida to‟ldirilganligi
uchun
10 ball
2
Xalq hunarmandchiligi bo‟yicha o‟zlashtrilgan bilim darajalari uchun 15 ball
3
Ko‟rik-tanlov uchun topshirgan ijodiy ishlari uchun 25 ball
To’rtinchi bosqich (tanlangan xalq hunarmandchiligi yo’nalishlariga oid ijodiy ish topshiriqlari) bo’yicha 50 ball
1
Amalga oshirilgan ishning mavzuga mutanosibligi
5 ball
2
Ish o‟rnini to‟g‟ri tashkil qilinishi 10 ball
3
Buyumninig texnologik xaritasini tuzilganligi va ish ketma-ketligini
to‟g‟ri bajarilganligi
15 ball
4
Tayyorlangan buyum dizaynining o‟ziga xosligi 10 ball
5
Xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilinganligi 10 ball
Hakamlar hay`ati faoliyati va tanlov mezonlari Ko`rik-tanlov ishlarini baholash uchun tuman (shahar) xalq ta`limi
muassasalari faoliyatini metodlik ta`minlash va tashkil etish bo`limlari mehnat
ta`limi fani yo`nalishi bo`yicha faoliyat ko`rsatayotgan, o`z sohasining bilimdoni,
hurmat-e`tborga sazovar bo`lgan o`qituvchi, pedagoglardan iborat hakamlar hay`ati
tuziladi.Ularning tarkibiga maktablarning eng tajribali mehnat ta`limi fani
o`qituvchilari kiritiladi va har bir bosqichda maktabda maktab direktorining,
tumanda tuman xalq ta`limi bo`limining, viloyatda viloyat xalq ta`lim
boshqarmasining maxsus buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
Tanlovga taqdim etilgan har bir ish uchun alohida baholash varaqalari
to`ldiriladi, hakamlar hay`ati tomonidan imzolanib, rasmlar bilan birga tanlovning
keyingi bosqichiga taqdim etiladi.
G`oliblarni mukofotlash Ijodiy ishlar tanlovining barcha bosqichida 1 ta birinchi, 1 ta ikkinchi 1 ra
uchinchi o`rin ta`sis etilib, 1,2,3-o`rinlarni egallagan g`oliblar maktab,
tuman,(shahar0 viloyat xalq ta`limi bo`limlarining faxriy yorliqlari va qimmatli
sovg`alari bilan mukofatlanadilar.
Tanlovning viloyat bosqichi g`oliblariga va ularning o`qituvchilariga ota-
onalar, xomiylar, tegishli tashkilot vakillari tomonidan qimmatli tuhfalar taqdim
etiladi. Eng yaxshi ijodiy ishlar mualliflari haqida ma`lumotlar mahalliy matbuot
sahifalarida chop etiladi.
Ko`rik- tanlovning bevosita yakuniy bosqichini o`tkazish Viloyat Xalq ta`limi
boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan hakamlar xay`ati zimmasiga yuklatiladi,
Hakamlar hay`ati tarkibi ko`rik-tanlovi o`tkazilishidan bir kun oldin tayinlanadi.
Izoh: ushbu ko`rik- tanlov nafaqat maktablarda balki, tuman, viloyat va
respublika miqyosida ham o`tkaziladi.
Ko`rik
- tanlov mezonidan “Servis xizmati” yo`nalishida ham foydalaniladi va
xakq hunarmandchiligining “Quroqchilik”, “Kashtachilik”, “Zardo`zlik ,
„Doppido`zlik” va boshqa sohalar bo`yicha tanlovlar tashkil etiladi.