2. Mamlakatimizda an`anviy xalq hunarmandchiligi bo`yicha tashkil etilayotgan ko`rik tanlovlar va grantlar An`anaviy hunarmandchilikni rivojlantirish uchun grantlar “ Bazar-Art”
loyihasi doirasida Fond Forum va “ Mehr nuri” jamg`armasi ko`rgazmasi
laureatlariga aylangan hunarmandlarga grantlar ajratildi.
Grantlar amaliy san`atni rivojlantirish, hunarmandchilikning yo`qalib
borayotgan turlarini va mamlakatimiz san`atining an`anaviy shakllarini qayta
tiklashdir. Mazkur an`anaviy dastur o`z ishini yo`lga qo`yish, oilaviy farovonlik
yo`lida tadbirkorlikka qo`l urish istagidagi ayollarni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan.
Tanlovda mazkur grant yordamida tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatida bo`lgan
ayollar ishtirok etishi mumkin.
Nomzodlar
taqdim
etgan
biznes-reja
da`vogarning
ishbilarmonlik
xususiyatlari, loyihaning dolzarbligi va aniq maqsadidan kelib chiqqan holda
malakali hakamlar hay`ati tomonidan saralanadi. Oilaviy biznes va kasanachilikni
rivojlantirishga qaratilgan loyihalarga alohida e`tibor beriladi. Shuningdek,
tadbirkorlik ko`nikmalari va yangiliklar joriy etish istagi hamda loyihani yolg`iz
amalga oshirishdagi qiyinchiliklar inobatga olinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun
quyidagi hujjatlar topshirilishi lozim: ishtirokchi anketasi (2-ilova); biznes- reja;
pasport-nusxasi;mahalla qo`mitasi dan tavsiyanoma. Hujjatlar har yili 1 martdan 1
maygach
a qabul qilinadi.
11-12-dars. “Servis xizmati” yo`nalishi uchun.
Mavzu: Bluzkani bichish va tikish. NI-2 Darsning maqsadi: a)
ta`limiy - o`quvchilarga bluzkani bichish va tikishni o`rgatish;
b)
tarbiyaviy - tikuvchilik ishkarida o`quvchilarni sabrli bo`lishga, go`zllikni
his etishga undash;
v)
rivojlantiruvchi - o`quvchilarda hunarmandchilikning zamonoviy texnologiyalarini
o`rganib, amaliyotda qo`llashni tarkib toptirish.