2. Yog`och o`ymakorligida qo`llaniladigan asboblar va mahsulot tayorlashdagi
ish usullari.
1. Yog`och o`ymakorlik san`ati.
Yog`och o`ymakorligi o`zbek xalq amaliy
bezak san`atining keng tarqalgan bir turi bo`lib, bunda biror naqsh yoki tasvir taxta
yoki yog`och buyumlarga chizib, kesib o`yib ishlanadi. Badiiy san`atning bu turi
deyarli barcha xalqlarda bo`lib, qadimgi Sharqda
antik dunyo mamlakatlari
arxiekturasida keng ishlatilgan. Asrlar davomida Evropa va Osiyo mamlakatlarida
yog`och oymakorligi rivojlanib, o`ziga xos badiiy uslublari kelib chiqqan. Shu
singari O`rta Osiyoda ham yog`och o`ymakorligi qadimdan rivojlanib, kishilarning
uy-ro`zg`or buyumlarida va arxitekturasida juda keng qo`llanilgan. Bu o`ymakorlik
qadimiy
arxitekturaning eshik, darvoza, ustunlar har xil to`sin, stol, xontaxta,
quticha, romcha, qalamdon va boshqa buyumlarni bezashda ishlatilib kelingan V-VI-
asrlarga oid yog`och o`ymakorligi namunalari Surxondaryo vohasidagi Yumaloq
tepa tubidan topilgan. Olimlarimizning aniqlashicha bundan 1-1,5 ming yil
muqaddam mazkur joyda naqsh o`ymakorligi san`ati bo`lib, u juda yaxshi
rivojlanganligi isbotlangan.XIX va XX-asrdarda yog`opch o`ymakorligi, miskarlik,
naqqoshlik va san`atning boshqa turlari rivojlanib har bir shaharning o`ziga xos
yog`och o`ymakorligi paydo bo`ldi. Qo`qondagi
xudayorxon saroyi, Toshkentdagi
knyaz N.Kramonovlarning saroyi, Quvadagi Zayniddinboyning uyi, Marg`ulondagi
Saidahmatxo`ja madrasasi va Buxoradagi Sirorai Mohi-Xosa va boshqalarda
yog`och o`ymakorligining o`ziga xos namunalari yaratilgan. Shunday ekan, yog`och
o`ymakorligida duradgorlikni bilmasdan turib o`ymakorlikni tushunib yetish qiyin.
Chunki xar bir o`ymakor usta oyiladigan buyum detallarini alohida tayyarlab, ya`ni
detalni o`lchab, arralab randalab tayyarlaydi. O`quvchilar yog`ochga ishlov
berish
sohasidagi xalq hunarmandchiligida duradgorlik kasbidan
xabardor bolishi va shu
kasbda ishlatiladigan asboblarni bilishlari lozim.Duradgorlik kasbi shunday
kasblardanki, bunchalik xalq turmishiga singib ketgan kasblar kam topiladi.
Duradgor yasagan buyumlar har bir xonodonda ko`plab topiladi. Shuning uchun bu
kasb o`quv pretmetiga aylani, har bir o`quvchilar uyi va saroylarida, maktablarida va
oliy o`quv yurtlarida o`qitilib, o`rgatilib kelinmoqda. Bundan tashqari naqqoshlik,
beshikchilik va sandiqchilik kasblari ham xalq orasida keng tarqalgan kasblardan
hisoblanadi.
Yog`och o`ymakorligi ishlarini o`rganish jarayonida o`quvchilar quyidagi
ustaxona xavfsizligi texnikasi va yong`in xavfsizligi
qoidalariga amal qilishlari
lozim. Yog`och o`ymakorlik ustahonasi binoning birinchi qavatida joylashishi, unga
yorug`lik yaxshi tushib turadigan bo`lishi kerak. Ustaxonaning yarim podval yoki
podvalga joylashishi gigienik nuqtai nazardan qat`iyan man qilinadi. Ustaxona uchun
qo`yiladigan maxsus talablardan biri- unga tabiiy yorug`lik yaxshi tushishi, xona
isitilishi va shamollatilishi kerak. Eng muhimi, ustaxonada xavfsizlik texnikasi
qoidalariga rioya qilish kerak. Ustaxonada yong`in xavfsizligiga alohida e`tibor
berish lozim, chunki, yog`ochdan chiqqan qirindilar tez yonad. Shuning uchun elektr
isitgich asboblari uchun maxsus belgilangan joy bo`lishi lozim. Ustaxona o`t
o`chirish moslamalari (inventarlari) bilan jihozlanishi zarur.
Yog`och o`ymakorlik ustaxonasida ishlaganda quyidagilarga e`tibor berish
lozim:
1.
Ish boshlashdan oldin ish kiyimlarini to`g`ri kiyib, ularning tugmalarini
qadab olish.
2.
Ishlayotganda
kerakli
yag`ochni
dastgohga
mahkamlab,
uning
mustahkamligini tekshirib ko`rish.
3.
Kesuvchi asboblarning tig`ini tekshirish, agar o`tmas bo`lsa o`tkirlash.
4.
Arra bilan ishlaganda gaplashmasdan, hushyorlik bilan ishlash.
5.
Randa bilan ishlaganda randaning sozligini tekshirish.
6.
Yelim tayyorlashda, uni eritishda elektr asboblaridan ehtiyotkorlik bilan
foydalanish.
7.
Ishdan keyin qolgan materiallar va tugatilmagan
ishlarni navbatchiga
topshirish.
8.
Asboblarni artib, tozalab joyiga qo`yish.
9.
Ish dastgohlarini qirindi-payrahalardan tozalashda maxsus cho`tka-lardan
foydalanish.
10.
Ustaxonada tibbiyot aptechkalarni bo`lishi shart.
Agar biror o`quvchining qo`li kesuvchi asboblar bilan jarahotlanib, qon
ketayotgan bo`lsa, uni to`xtatish uchun jarohatlangan joyni yuqori qismidan bog`lab
qo`yish va uni tezda yaqin oradagi tabbiy yordam ko`rsatish bo`limiga olib borishi
lozim.