O`rta Osiyoda Sakatigruada degan qabila yashaganligi
va bu atama tepasi
cho`nqaygan bosh kiyim kiygan saklar degan ma`noni bildirganligi haqida tarixiy
ma`lumotlar ma`lum. Demak, do`ppilar juda qadimgi bosh kiyimlardan biridir.
Asrlar o`tishi bilan do`ppilarning shakli ham, ularni tayyorlash usullari ham o`zgarib,
takomillashib borgan.
Qadimdan Andijon, Marg`ilon, Chust, Qo`qon, Samarqand,
Buxora, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent do`ppilari shakli jihatidan
bir-biridan ajralib turgan. Do`ppilarning tuzilishiga qarab
uni kiygan kishini qaysi
hududdan ekanligini bilib olish ham mumkin.
O`datda do`ppilar uch qismdan iborat bo`ladi: tepa qism, kizak qism, jiyak
qism. Mana shu qismlarning tayyorlanish uslublari bir-biridan farq qiladi, Do`ppilar
O`zbekistonning barcha tuman va viloyatlarida o`ziga
xos texnologiya va uslublar
asosida tayyorlanib, ko`pincha, shu joyning nomi bilan atalib kelinadi.
Xalqimiz,
ko`pincha, eng aziz va yaqin kishilariga bosh kiyimlar sovg`a qilishadi. Boshga
kiyilgan do`ppilar esa birovga berilmaydi. Do`ppilar razmiy ma`noda ehtiyot qilinib,
doimo ozoda va baland joyda avaylab saqlanadi.
10-rasm. Kizak qism. 11-rasm. Jiyak qism