• I. Tashkiliy qism. II. O`tilgan darsni so`rash va baholash
  • III.Yangi mavzuni bayon qilish.
  • Dars turi: nazariy.  Darsda qo`llaniladigan o`qitish metodlari




    Download 1,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/77
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,37 Mb.
    #232570
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77
    Bog'liq
    8 sinf texnologiya konspekt [uzsmart.uz]

    Dars turi:
    nazariy. 
    Darsda qo`llaniladigan o`qitish metodlari: 
    ma`ruza, suhbat, tushuntirish. 
    Fanlararo bog`lanish: 
    texnika, texnologiya, matematika, informarika, fizika, 
    iqtisodiy bilim asoslari va b. 
    Dars jihozi:
    tarqatma mareriallar, kompyuter, proyektor, ekran, ishlab chiqarish 
    sohalariga oid slaydlar, ko`rgazmalar va h. 
    Darsning borishi;
     I. Tashkiliy qism. 
    II.
    O`tilgan darsni so`rash va baholash: 
    1.
    Xalq hunarmandchiligi turlarini ayting. 
    2.
    Dizayn so`zining ma`nosini ayting. 
    3.
    O`zbekistonda rivojlangan xalq hunarmandchilik turlari haqida gaprib bering. 
    4.
    O`zbekistonda xalq hunarmandchiligi rivojlanishiga oid Prezident qarorlari 
    haqida gapirib bering. 
    III.Yangi mavzuni bayon qilish. 
    Reja; 
    1. O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlari haqida. 
    2. Moddiy ishlab chiqarishning yetakchi tarmog`i- sanoat haqida. 


    3. Mehnat jarayonining zaruriy shartlari haqida. 
    Insonlarning o`z ehtiyojlarini qondirish maqsadida iqtisodiy ne`matlar yaratish 
    jarayoni ishlab chiqarish deb yuritiladi. 
    Iqtisodchilar iqtisodiy ne`matlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni-ishlab 
    chiqruvchilar, ularni iste`mol qiluvchilarni esa iste`molchilar deb ataydi. Ishlab 
    chiqaruvchilar odatda, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga bo`linadi. 
    Moddiy ishlab chiqarish sohasiga sanoatdagi zavod va fabrikalarni, qishloq 
    xo`jalidagi fermer va dehqon xo`jaliklarini misol qilib keltirish mumkin. Moddiy 
    ishlab chiqarish sohasiga moddiy boyliklarni ishlab chiqaradigan yoki 
    iste`molchilarga yetkazib beradigan hamma tarmoqlar kiradi. Sanoat, qishloq 
    xo`jaligi va qurilish jamiyati uchun zarur ishlab chiqarish vositalari (oziq-ovqat 
    mahsulotlari, kiyimlar, poyabzal va hokazalar) yaratiladi. Yuk transporti, ishlab 
    chiqarishga xizmat ko`rsatish bo`yicha aloqa, savdo, umumiy ovqatlanish, moddiy-
    texnika ta`minoti tayyorlash va sotish hamda moddiy ishlab chiqarish sohasiga kirad, 
    chunki bular mahsulotlarni yaratishda yordam beradi va ularning realizasiya 
    qilinishini ta`minlaydi. 
    Xalq xo`jaligining noishlab chiqarish sohasiga alohida ta`lim berish, tabbiy 
    xizmat ko`rsatish, madaniy-maishiy xizmat ko`rsatish boshqarishni, boshqarish, 
    rejalashtirish va boshqa ijtomoiy zarur vazifalarni amalga oshiradigan tarmoqlar 
    kiradi.Bu soha kishilarning mehnat sharoitini, turmushini yaxshilab xalqning 
    farovonligini yuksaltirishga katta ta`sir ko`rsatadi. 
    O`zbekiston sanoati ishlab chiqarishi ko`p tarmoqli bo`lgan murakkab sohadir. U 
    elektr energetikasi, yoqilg`i, qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, 
    mashinasozlik va metallga ishlov berish, qurilish mareriallari, to`qimachilik, 
    tikuvchilik va boshqa shu kabi tarmoqlardan iborat. Bular sanoatning ikki muhim 
    tarkibiy qismini- og`ir va yengil sanoatni tashkil qiladi 
    Og`ir sanoat tabiiy moddiy boyliklar (mineral xomashyo, neft, toshko`mir, gaz va 
    h.) ni qazib olish va tayyorlash hamda ulardan turli xil buyumlar tayyorlash uchun 
    ularni qayta ishlash bilan shug`ullanadi. Mamlakatimizda kon sanoati yer bag`ridagi 
    juda boy rangli metal rudalar, tosh ko`mir, gaz, qurulish materiallari (ohak, marmar, 
    granit, qum)ni qazib olish va qayta ishlash orqali xalq xo`jaligi uchun zarur mahsulot 
    ish chiqarish bilan shullanadi. 
    Sanoatning ikkinchi muhim tarkibiy qismi bo`lgan yengil sanoat qishloq xo`jalik 
    mahsulotlarini qayta ishlaydigan yetakchi tarmoq bo`lib, xalqning gazlama, kiyim-
    kejak, poyabzalga bo`lgan ehtiyojini qondiradi. Mamlakatimizda yetishtiriladigan 
    paxta, kanop, jun, teri vah. Mahsulotlarining asosiy qismi ana shu sanoatda qayta 
    ishlanadi.Biroq, bu o`gir va yengil sanoat bir-biriga bog`liq bo`lmasdan, mustaqil 
    rivojlanadi, degan gap emas, albatta. Og`ir sanoat ishlab chiqarish vositalari (turli -
    tuman yigirish, to`qish dastgohlari, tikish mashinalari va h) tayyorlab, yengil 
    sanoatni tez sur`atlarda taraqqiy ettirish bilan birga o`zi ham rivojlanadi. Bundan 
    tashqari yengil sanoat og`ir sanoat uchun xom ashyo bazasi bo`lib xizmat qiladi. 
    Xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarini zamonaviy texnika bilan ta`minlashni 
    ilg`or mashinasozlik bazasisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Chunki aynan 
    mashinasozlikda ilmiy- texnika g`oyalar moddiy jihatdan ro`yabga chiqariladi, xalq 
    xo`jaligining boshqa tarmoqlaridagi belgilovchi yangi mehnat qurollari, mashinalar 
    yaratiladi. Bu sohada resurslarni tejaydigan prinsipial yangi texnologiyalarga keng 


    miqyosda o`tish, mehnat unumdorligini va mahsulot sifatini oshirish uchun asos 
    solinadi.
    Aholi uchun madaniy-maishiy va xo`jallikga mo`ljallangan xilma – xil tovarlarni 
    tayyorlash bilan asosiy mahsulot chiqrishdan tashqari sanoatning istisnosiz barcha 
    tarmoqlari shug`ullanadi. Qishloq xo`jaligi sanoati xom-ashyo bilan, aholini oziq-
    ovqat 
    mahsulotlari 
    bilan 
    ta`minlaydi. 

    o`simlikshunoslik 
    (dalachilik, 
    sabzavotchilik, mevachilik, yem-xashak tayyorlash va h) hamda chorvachilik ( qora 
    molchilik, qo`ychilik, parrandachilik, baliqchilik va h)ni o`z ichiga oladi. 
    Qurulishning vazifasi ishlab chiqarish binolari, inshootlar, turar joylar, yo`llar, 
    kasalxonalar, maktablar va boshqa ob`ektlarni qurish hamda rekontruksiya qilishdir. 
    Transport- xalq xo`jaligi va aholining xilma –xil yuklarni tashish ehtiyojini 
    uzluksiz hamda o`z vaqtida ta`minlaydi. Aloqa jamiyatning ishlab-chiqarish–xo`jalik 
    faoliyatida, madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
    U axboratlarning uzatilishini ta`minlaydi va pochta, telegraf, telefon, radio, 
    televidenieni o`z ichiga oladi. 
    Moddiy va ma`naviy ne`matlarni yaratish, xizmatlar ko`rsatish inson hayoti, 
    uning yashashi va kamol topishi uchun moddiy asosdir. Shuning uchun ishlab 
    chiqarishning to`xtovsiz takrorlanishi va uni rivojlantirish har doim eng muhim 
    iqtisodiy qonuniyat va ob`ektiv zaruriyatdir. 
    Har qanday jamiyatda ishlab chiqarishning amalga oshishi, eng avvalo, uning 
    ro`y berishi uchun bu jarayonda qatnashadigan omillar bo`1mog`i lozim. 
    Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat`iy nazar ishlab chiqarish yoki xizmat 
    ko`rsatishning hamma sohalari uchun umumiy bo`lgan uchta omil: ishchi kuchi, 
    mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo`lishi shart. Ishchi kuchi deb, insonning 
    mehnat qilishga bo`lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig`indisiga aytiladi. 
    Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo`lgan kishilar uchun xosdir. 
    Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetiga ta`sir 
    qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar 
    va b). Mehnat predmetlari esa bevosita ta`sir qiladigan, yani mahsulot 
    tayyorlanadigan narsalardir (yer-suv, xomashyo vaboshqa turli materiallar). 
    Mehnat vositalarini mehnat predmetlariga ta`sir etish xususiyatiga ko`ra bir 
    nechta katta guruhlarga bo`lish mumkin. Birinchi guruhga mashinalar, mexanizmlar, 
    stanoklar, uskunalar, turli xil apparatlardan iborat mehnat qurollarini kiritish 


    mumkin. Ularning yordamida ishchi tabiat ashyolari va kuchlariga bevosita ta`sir 
    qiladi va bu ashyolar o`zining iste`mol uchun zarur bo`lgan shaklga kiritiladi. 
    Ikkinchi guruhga materiallarni saqlash uchun mo`ljallangan mehnat vositalari 
    (tizimlar, turli xil bochkalar, quvurlar, omborlar va boshqalar) kiritiladi. 
    Uchinchi guruhga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmaydigan
    lekin unga shart-sharoit yaratib beradigan mehnat vositalari kiradi. Lekin bu 
    vositalarsiz ishlab chiqarish jarayonining amalga oshishi mumkin emas yoki to`la va 
    samarali amalga oshmasligi mumkin. Bularga binolar, yo`llar va boshqalar misol 
    bo`la oladi. 
    Ma`lumki, biror mahsulotni ishlab chiqarish uchun resurslar kerak bo`ladi. Ishlab
    chiqarishga jalb qilingan resurslar faqat manba, zahira sifatida emas, balki uni 
    harakatga keltiruvchi, unga ta`sir etuvchi omil sifatida ham qaratiladi. Shu sababli 
    ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarni boshqacha ishlab chiqarish omillari deb 
    ham ataladi.Resurslar, odatda tabiiy, kapital va mehnat resurslariga bo`linadi. 
    Tabiiy resurslarga havo, suv, quyoshdan kelayotgan issiqlik va yorug`lik, yer 
    maydoni, yer osti va yer usti boyliklarni , o`simliklar va hayvonot dunyosi, xullas 
    odamlar ehtiyoji uchun asqotadigan tabiatning barcha ne`matlari kiradi. Kapital 
    resurslar deb inson tomonidan yaratilgan va boshqa mahsulot turlarini yaratishga jalb 
    etiladigan resurslarga aytiladi.Ularga bino va inshootlar, asbob-uskunalar va 
    mashina-uskuna va mashina-mexanizmlar, turli-tuman dastgohlar va jihozlar, 
    xomashyolar va boshqalar kiradi. Mehnat resurslari deganda, mehnat qilishga 
    layoqatli kishilar, ularning bilimi, ish tajribasi va mehnat mahorati bilan birgalikda 
    tushuniladi. 

    Download 1,37 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77




    Download 1,37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dars turi: nazariy.  Darsda qo`llaniladigan o`qitish metodlari

    Download 1,37 Mb.
    Pdf ko'rish