16-17-dars.
“Texnologiya va dizayn” yo`nalishlari uchun.
Mavzu:
O’zbekiston xalq xo’jaligida, sanoat va qurilishda moddiy ishlab
chiqarish asoslari va uning tarkibi, o’zaro munosabati, bir-biriga
bog’liqligi
O`qituvchiga metodik tavsiya
Bu mavzu haqidagi ayrim ma`lumotlar yuqorida, ya`ni “O`zbekistondagi ishlab
chiqarish turlari” deb nomlangan 15-mashg`ulotda qisman ko`rib chiqilgan. Mazkur
mavzuni o`tishda o`sha o`tilgan mavzuni takrorlash,
unda aytilmay qolgan
ma`lumotlarni aytish zarur bo`ladi.
Mazkur mashg`ulotni tashkil etishning yana bir ko`rinishi- o`quvchilarni biror
korxona yoki fermer xo`jaligiga
sayohatga olib borish, u joydagi jihoz va ish
o`rinlarini ko`rish, o`quvchilar va o`qituvchilar
bilan uchrashish, suhbat o`rkazishdan
iborat.
Bu holda ham o`quvchilarning to`plagan materiallarini va taassurotlarini
o`rganish maqsadida ularga yuqorida olib borgan ishlari bo`yicha
erkin mavzuda
referat, insho, hikoya kabi yozma ishlarni bajarishni taklif etish maqsadga
muvofiqdir.
Vaqt:
45 daqiqa
Maqsad:
O„quvchilarni O`zbekiston iqtisоdiyotining
rivojlantirilishi haqidagi
dunyoviy bilim, ko`nikma va malakalarinilarini shakllantirish. O„quvchilarni
O`zbekiston iqtisоdiyotini rivojlantirishni zamonaviy usullariga ijodiy
yondashishni rivojlantirish.