• Dars tipi: Yangi bilimlar berish. Dars turi: nazariy. Darsda qo`llaniladigan o`qitish metodlari
  • Darsning borishi : I. Tashkiliy qism. II. O`tilgan darsni so`rash va baholash
  • Mehnat ta’limi fanidan 8 – sinflar uchun dars ishlanmalar to’plami




    Download 1,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/77
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,37 Mb.
    #232570
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   77
    Bog'liq
    8 sinf texnologiya konspekt [uzsmart.uz]

    Darsning vazifalari:
    -
     
    ishlab chiqarishdagi texnologik jarayon haqida umumiy tushuncha berish; 
    -
     
    mahsulotlarni ishlab chiqarishi bevosita texnologik jarayonlarni tashkil 
    etilishi va amalga oshirilishiga bog`liq ekanligini tushuntirish. 
    Dars tipi:
    Yangi bilimlar berish. 
    Dars turi:
    nazariy. 
    Darsda qo`llaniladigan o`qitish metodlari: 
    ma`ruza, suhbat, tushintirish. 
    Fanlararo bog`lanish:
    texnika, texnologiya. Matematika, informatika, fizika, 
    iqtisodiy bilim asoslari va b. 
    Dars jihozi:
    tarqatma materiallar, kompyuter, proyektor, ekran, ishlab chiqarish 
    sohalariga oid slaydlar, ko`rgazmalar va h. 
    Darsning borishi : 
    I.
     
    Tashkiliy qism. 
    II.
     
    O`tilgan darsni so`rash va baholash: 
    1.
    O`zbekistonda xalq xo`jaligini rivojlantirish haqida gapiring. 
    2.
     
    Sanoat ishlab chiqarishi haqida gapring.
     
    3.
     
    Qurilishda.moddiy ishlab chiqarish asoslari haqida gapiring.
     
    4.
     
    Sanoat va qurulish ishlab chiqarishining bir-biriga bog`liqligi haqida 
    gapiring.
     
    III.
    Yangi mavzuni bayon qilish.
    Reja: 
    1.
    Ishlab chiqarish texnologiyasi va uning asosiy mazmuni. 
    2.
     
    Texnologik jarayon va uning tarkibi, xususiyatlari.
     
    3.
     
    Texnologik harakat, usul va operatsiya.
     
    4.
     
    Mexanik, kimyoviy, biologik va energetik usullar hamda ularni qo`llash 
    texnologik jarayonlari.
     
    5.
     
    Ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy sxemasi.
     


    Texnologiya deganda mahsulot olish jarayonida ishlatiladigan xomashyo, 
    material yoki yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlab tayyorlash, ularning holatini, 
    xossalari va shaklini o`zgartirish usullari majmui tushuniladi. Odatda texnologiya 
    muayyan ishlab chiqarish bilan bo`g`lanadi. Masalan, sulfat kislota olish, po`lat 
    eritish, non yopish, poyabzal tayyorlash va hakozolarning texnologiyasi bir-biridan 
    farqlanadi. 
    Juda ko`p texnologik jarayonlar mavjud bo`lib, ularning har biri o`z strukturasi va 
    xususiyatlariga ega. Lekin bir qancha texnologik jarayonlar uchun umumiy bo`lgan 
    qator usullarni ham ajratish mumkin. Ana shunday umumiy (ba`zan asosiy deb 
    ataladigan) usullarga mexanik, kimyoviy, biologik va energetik usullar kiradi. 
    Mexnik (fizik-mexanik) usul mehnat predmetiga mexanik ta`sir etuvchi chunonchi 
    mareriallarni kesish, qirqish, detallarni vintlah, mix parchinlar bilan biriktirish, 
    presslash va hakozolar orqali amalga oshadigan texnologik jarayonlarni o`z ichiga 
    oladi. 
    Kimyoviy usul bilan mehnat predmetlari kimyoviy reaksiyalar hisobiga o`zgaradigan 
    texnologik jarayonlar amalga oshiriladi.Bu usul faqat bevosita kimyo sanoatida 
    emas, balki xalq xo`jaligining boshqa tarmoqlarida, masalan, elektrotexnika 
    sanoatida ayrim elektroizolyatsion va o`tkazgich materiallar tayyorlashda, qishloq 
    xo`jaligida zararkunandalarga qarshi kurashishda, mashinasozlikda metallarni 
    korroziyadan saqlashda ham keng qo`llanadi. 
    Biolodik usullar mehnat predmeti jonli organizmlarda ro`y beradigan biokimyoviy 
    jarayonlar ta`sirida o`zgarishi bilan xarakterlanadi, Biologik usullar sanoatning bir 
    qancha tarmoqlarida ,masalan, oziq-ovqat, kimyo, yengil sanoatda keng tarqalgan, 
    shuningdek, ular metallurgiyada ham o`rin olgan bo`lib, maxsus akteriyalar 
    yordamida rudadan ayrim metallarni (mis, marganes, xrom va b) ajratib olish yo`llari 
    topilmoqda. 
    Energetik usullar energiyaning elektr, yadro va boshqa turlaridan bevosita 
    foydalanishda amalda oshiriladigan texnologik jarayonlarni o`z ichiga oladi. 
    Masalan, mis va alyuminiy elektroliz yo`li bilan olinadi (buni fizika va kimyo 
    darslarida bilib olish mumkin), ko`p detallar yuqori chastotali toklar bilan 
    mustahkamlanadi va h. 


    Bir qator materiallarni ishlash texnologiyasi yuqorida ko`rib chiqilgan asosiy 
    usullar kombinasiyatsiga tayanadi. 
    Kombinatsiyalashgan usulning misoli sifatida metallga himyolovchi va dekorativ 
    qoplamalarni elektrokimyoviy metod bilan surtishni ko`rsatish mumkin. Detallarga 
    elektrofizik usulda ishlov berish ham kombinatsiyalashgan usulga kiradi. Buning 
    namunasi materiallarni elektronlar tutami bilan ishlash (payvandlash, kesish)dir. 
    Texnologik operasiyalardan tashkil topadi. Texnologik operatsiya- texnologik 
    jarayonning tugallangan qismi bo`lib, uni ishchi ( yoki ishchilar guruhi) uzluksiz 
    bitta ish o`rnida bitta buyumni tayyorlash ( zagotovka, detal yig`ish birligi va h) 
    bo`yicha bajariladi. 

    Download 1,37 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   77




    Download 1,37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnat ta’limi fanidan 8 – sinflar uchun dars ishlanmalar to’plami

    Download 1,37 Mb.
    Pdf ko'rish