. V. Dars yakunlash. 1. Yangi mavzu yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash. O`tilgan mavzu bo`yicha savol-javob o`tkazish.
2. Uyga vazifa berish. O`quvchilar mavzu asosida qo`shimcha
materiallarni to`plash va mustaqil ishlash asosida grafikli organayzerlarda berilgan
savollarga javob berish
23-24-dars. “Texnologiya va dizayn” hamda “Servis xizmati” yo`nalishlari uchun.
Mavzu:
Ishlab chiqarshda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar Darsning maqsadi: a)
ta`limiy - o`quvchilarga ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy
va fizik- texnologik jarayonlar haqida tushuncha berish;
b)
tarbiyaviy - o`quvchilarda ishlab chiqarishda ilg`or fan va texnika hamda
texnologiyalardan foydalanish boy`icha qiziqish uyg`otish;
v)
rivojlantiruvchi -
o`quvchilarning
ishlab
chiqarishda
fan-texnika
yangiliklardan foydalanishga oid bilimlarni kengaytirish.
Kasbga yo`naltiruvchi maqsad: o`quvchilarning ishlab chiqarish sohalarida
yangiliklarni qo`llashga oid bilimlarini kengaytirish orqali ularni shu kasblarga
bo`lgan qiziqishlarini mustahkamlash, biror kasbni tanlashlariga ko`maklashish.
Dars vazifalari: - O`zbekistondagi asosiy ishlab chiqarish turlari haqida ma`lumot berish;
- O`zbekistondagi ishlab chiqarish sohalari ko`p tarmoqli ekanligini tushintirish;
- ishlab chiqarish sohalarining bir-biri bilan o`zaro bo`g`liq holda rivojlantirish
uqtirish;
-mamlakat va jamiyatning qudrati va rivojlanishi bevosita ishlab chiqarish
sohalarining rivojlanishini bilan bog`liqligini anglatish.