• “Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha. “Nilufar guli” grafikli organayzerida foydalanish bo`yicha tavsiya. “Nilufar guli”
  • “Nilufar guli”
  • Mehnat ta’limi fanidan 8 – sinflar uchun dars ishlanmalar to’plami




    Download 1,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/77
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,37 Mb.
    #232570
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77
    Bog'liq
    8 sinf texnologiya konspekt [uzsmart.uz]

     
    Grafikli organayzerlar 
    (tashkil etuvchi) – fikriy jarayonlarni ko`rgazmali 
    taqdim etish vositasi hisoblanadi. Bu esa o`z ichiga quyidagi usullarni qamrab oladi. 


    -
     
    mavzuga oid ma`lumotlarni tarkiblashtirish, o`rganilayotgan tushunchalar 
    o`rtasidagi o`zaro bog`liqliklarni o`rnatish usul va vositalari: “Klaster”, “Toifalash 
    jadvali”, “Insert”, “B/B/B” jadvali va b
    -
     
    mavzuga oid ma`lumotlarni tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash usul va 
    vositalar: “T-jadvali”, “Venn diagrammasi”, “Zinama-zina” va b, 
    -
     
    mavzuga oid qo`yilgan muammani aniqlash, uni hal etish, tahlil qilish va 
    rejalashtirish usullari va vositalari: “Nima uchun?”, „Baliq skeleti”, “Piramida”, 
    “Nilufar guli” sxemalari, “Qanday?” “Ierarxik diagrammasi”, “Kaskad” tarkibiy- 
    mantiqiy sxema va b. 
    Darslar davomida o`quvchilarga o`quv materialni ko`rgazmali shakli orqali o`qitish 
    samaradorligi natijaviyligiga erishish mumkin. Chunki xalqimizda bir naql bor: 
    “Ming marta eshitgandan ko`ra bir marta ko`rgan afzal”. Shunday ekan, yuqorida 
    keltirilgan grafikli organayzerlardan foydalanishga doir tavsiyalarni “Texnologiya va 
    dizayn” va “Servis xizmati” yo`nalishlari bo`yicha o`tiladigan ushbu mavzu misolida 
    tayyorlangan ko`rgazmali materiallar asosida ko`rib chiqamiz. 
    “Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha. 
    “Nilufar guli”
    grafikli organayzerida foydalanish bo`yicha tavsiya. 
    “Nilufar guli” 
    grafikli organayzeri chizmasi- muammoni yechish vositasi. O`zida 
    nilufar guli ko`rinishini namoyan qiladi. Uning asosida to`qqizta katta to`rt burchak 
    tashkil etadi va tizimli fikrlash, tahlil qilish ko`nikmalarini rivojlantiradi va 
    faollashtiradi. 
    “Nilufar guli” 
    grafikli organayzeri chizmasini tuzish qoidalari: 
    a)
    o`quvchilar alohida kichik guruhlarga ajratiladi va belgilangan tartibda 
    o`quvchilar tomonidan chizma tuziladi: to`rt burchak markazida avval asosiy 
    muomma (g`oya, vazifa) yoziladi. Uni yechish go`yalari esa markaziy to`rt 
    burchakning atrofida joylashgan sakkizta to`rt burchakka yozilgan g`oyalarni, 
    atrofda joylashgan sakkizta to`rt burchaklarning markaziga yoziladi, ya`ni gulning 
    barglariga olib chiqiladi. Shunday qilib, uning har biri o`z navbatida yana bir 
    muammodek ko`riladi; 
    b)
    kichik muammolarni, ularning har biridan esa, kichik muammoni batafsil 
    ko`rib chiqish uchun “kichik shoxchalarni” chiqariladi. Shunga asosan har bir 
    g`oyani batafsil kuzatish lozim; 
    v) amaliy nuqtai nazardan barcha g`oyalarni ixcham deb tasavvur qiling (bitta -ikkitasi bilan 
    chegaralaning), bu ham aql uchun foydali mashq hisoblanadi; 
    g) sizga katta qog`oz varag`i zarur bo`ladi. Doimo o`zingiz mushohadalaringiz natijasini bir 
    varaq qog`ozda ko`rish foydali hisoblanadi. Qarama-qarshi holda esa sizga bir 
    varaqdan boshqasiga sakrab yurishingizga va bunda zaruriy biror muhim narsani 
    unutishingizga olib keladi. 

    Download 1,37 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77




    Download 1,37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnat ta’limi fanidan 8 – sinflar uchun dars ishlanmalar to’plami

    Download 1,37 Mb.
    Pdf ko'rish