Dars tipi:  yangi bilimlar berish.  Dars turi




Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/77
Sana14.05.2024
Hajmi1,37 Mb.
#232570
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77
Bog'liq
8 sinf texnologiya konspekt [uzsmart.uz]

Dars tipi: 
yangi bilimlar berish. 
Dars turi:
nazariy. 
Darsda qollaniladigan o`qitish metodlari: 
ma`ruza, suhbat, tushintirish. 
Fanlararo bog`lanish: 
texnika, texnologiya, matematika, informatika, fizika, 
iqtisodiy bilim asoslari va b. 
Dars jihozi:
tarqatma materiallar, kompyuter, proyektor, ekran, ishlab chiqarish 
sohalariga oid slaydlar, ko`rgazmalar va b. 
 
Darsning borishi: 
I.
 
Tashkiliy qism. 
II.
O`tilgan darsni so`rash va baholash:
1.Texnologik jarayon nima? 
2. Mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish qanday amalga oshiriladi? 
Mehnat ta`limi ustaxonalarida mexanik ta`sir etish jarayonlariga misol keltiring. 
III.
 
Yangi mavzuni bayon qilish. 
Reja: 
1.
Texnologiya tushunchasi haqida. 
2.
Kimyoviy va fizik- texnologik jarayonlar. 
Texnologiya deganda biror sanoat tarmog`ining usul va vositalarini (ishlab 
chiqarishni) bayon etish tushiniladi. Masalan, metalga ishlov berish usuli va vositasi, 
mashina va apparatlarni tayyorlash usul yoki vositalari mashinasozlik texnologiyasi 
fani asosini tashkil etadi. Mexanik texnologiya jarayonida mexanik ta`sir bilan ishlov 
berilayotgan moddaning tashqi ko`rinishi yoki fizik xossalarini o`zgartiradi, ammo 
ularning kimyoviy tarkibiga ta`sir ko`rsatmaydi. 
Kimyoviy texnologiya jarayonlari tabiatiga ko`ra murakkab kimyoviy va 
fizikaviy xossalariga asoslangan xomashyoni kimyoviy qayta ishlashini o`z ichiga 
oladi.Zamonaviy kimyoviy texnologiya tabiiy va texnika fanlari yutuqlaridan 
foydalanib, fizikaviy va kimyoviy jarayonlar, mashina va apparatlar, ushbu 
jarayonlarning unumli usullarini amalga oshirish va turli modda, mahsulot, material, 
buyumlarni sanoatda ishlab chiqarishni boshqarishni o`rganadi. 
Texnologiya iborasi yunoncha “tehnos”- san`at, hunar va “logos”-bilim, fan 
ma`nosini bildirib, xomashyoni foydali mahsulotlarga aylantirish usullarini ko`zda 
tutadi. Dastlabki xomashyolarni qayta ishlash va olingan yo`nalishlariga qarab 
metallar texnologiyasi (ularning olinishi va ishlov berilishi), mashinasozlik 
texnologiyasi (mashinalarni va apparatlarni tayyorlash), oziq-ovqat texnologiyasi 
(oziq-ovqat mahsulotlari olish) va boshqalarga bo`linadi. 
Xom ashyo va materiallarni mahsulotga aylantirish jihatlari hamda jarayonlari 
yig`indisi texnologik jarayon asosini tashkil etadi. Kimyoviy –texnologik jarayon –


dastlabki ashyolarni maqsadli ravishda mahsulotga ketma-ket ravishda aylantirish 
jarayoni 
bo`lib, 
kimyoviy 
va 
fizik-kimyoviy 
jarayonlarning 
mujassamlashuvidir.Gazlamaga ishlov berishda ip gazlamani pardozlashdagi asosiy 
operatsiyalar: tuk kuydirish, oharni yuvish, qaynatish, oqartirish, bo`yash, gul bosish 
va yakunlovchi pardozlash operatsiyalari bajariladi, bunda kimyoviy va fizik 
jarayonlar amalga oshiriladi. 

Download 1,37 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77




Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dars tipi:  yangi bilimlar berish.  Dars turi

Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish