Bozor iqtisodiyoti mulkchilik shakllarining xilma – xil bo`lishini talab qiladi,
chunki tovar mulk ob`ekti bo`lgandagina oldi-sotdi qilinadi. O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida ham: “ Bozor munosabatlarini rivojlantirishga
qaratilgan O`zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma – xil shakllardagi mulk tashkil
etadi”, deb ta`kidlangan.
Jamiyat rivojining hozirgi rivojida bu mulk o`z ichiga davlat mulkidan
tashqari, ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va matbuot sohalaridagi jamoa
mulkining xilma – xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo`jaligi va shaxsiy
tomorqa xo`jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bo`g`liq bo`lgan
mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidgi aralash
mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi. Shu sababli “O`zbekiston
Respublkasining mulkchilik to`g`risida”gi qonunida turli-tuman mulklar quyidagi
mulk shakillariga kiritiladi, davlat mulki,
xususiy mulk, aralash mulk. Quyidagi
chizmada turli mezonlar asosida mulkchilik shakillarining tasniflanishi keltirilgan:
Davlat mulki – mulk davlatga tegishli bo`lganda mulkka egalik qilish,
foydalanish va uni tasarruf qilish ixtiyorida bo`ladi. Davlat mulki asosan ikki yo`l
bilan hosil bo`ladi.
1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat hisobiga o`tkazish:
2) davlat mablag`lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona
va tashkilotlarga investisiyalar kiritishni amalga oshirish.
Jamoa mulki – muayyan maqsad yo`lida jamoaga birlashgan kishilar
tomonidan moddiy va ma`naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o`zlashtirishni
bildiradi. Bir necha kishilardan iborat jamoaga tegishli bo`lgan mulk jamoa mulki
deb yuritiladi.
Oilaviy mulk, mahalla ahli mulki, korxona jamoasi mulki, fermer ho`jaligi
jamoasi mulki mamlakat aholisi mulkiga misol bo`la oladi. Agar sinfdoshlar pul
yig`ib to`p
sotib olsangiz, bu to`p ham jamoa mulki bo`ladi. Jamoa mulkiga
jamoaning hamma a`zosi birgalikda egalik qiladi. Masalan, mahalla uchun hashar
usulida qurilgan choyxona mahalla ahlining mulki hisoblanadi.
Biror shaxsning yolg`iz o`ziga tegishli bo`lgan mulk shaxsiy mulk deb
ataladi. Shaxsiy mulk mulk shakllari ichida muhim o`rin tutadi. Shaxsiy mulk bu
fuqarolar mulki bo`lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat
qiladi. “shaxsiy mulk” bilan bir qatorda “xususiy mulk” iborasi ham ishlatiladi.
“Aliyevning xususiy (yoki shaxsiy) firmasi bor”, degan so`zlarni ko`p eshitgan
bo`lsangiz kerak. Demak, tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda foydalanilayotgan
shaxsiy mulkni xususiy mulk deb atash ham mumkin ekan.
Xususiy mulk – ayrim sohiblarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va
o`z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. Turli shakldagi
mulklarning birikib ketishi
natijasida aralash mulk paydo bo`ladi. Bu mulk alohida olingan ob`ektning turli
mulkdorlar ishtirokida o`zlashtirilishini bildiradi.
Tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko`rsatuvchi har qanday tashkilot
korxona deb ataladi. Siz bilgan zavod va fabrikalar, qurilish boshqarmasi, avtomobil,
parki va ta`mirlash ustaxonalari, jamoa va fermer xo`jaliklari, universitet, institut,
kollej, litsey va maktablar, birja va banklar,
kasalxonalar, bolalar bog`chalari –
bularning hamma-hammasi korxona deb atalishi mumkin. Chunki ularda nimadir
ishlab chiqariladi yoki qandaydir hizmat ko`rsatiladi.
Korxonada tovar ishlab chiqarilishini amalga oshirish murakkab va serqirra
jarayon bo`lib, u odilona boshqarilishni taqazo etadi.
Ma`lumki, korxonada tovar ishlab chiqarish uchun ishchi kuchi, bino va
asbob-uskunalar, xom-ashyo va materiallar, turli xil ma`lumotlar , pul
mablag`larizarur bo`ladi. Qancha ishchi kuchi qancha va qanday xom-ashyo va
materiallar kerak? Qaysi asbob-uskunalardan foydalangan ma`qul? Ishlab chiqarishni
qaysi texnologiya bo`yicha yuritgan yaxshiroq? Bularning hammasi uchun qancha
pul mablag`lari kerak? Ishlab chiqarish jarayonida bu va bunga o`xshash o`nlab
savollar tug`iladi, ularni yechish ancha murakkablashadi.
Buning uchun ishlab
chiqarish jarayonini boshqarish lozim bo`ladi.
Korxonada tovar ishlab chiqarishni boshqarish jarayonini menejment, bu ish
bilan. shug`ullanuvchi mutaxasislarni menejmentlar deb atashadi.
Menejer – yollanma professional boshqaruvchidir.
Rivojlangan davlatlarda kompaniya, bank, moliya muassasalari va ularga
qarashli bo`linmalarning rahbar xodimlari menejerlardir.
Menejerlar obligasiya zayomlari chiqarish (emissiya) va uni bozorda
o`tkazish bilan ham shug`ullanadigan rahbarlardir. Ular jamiyatning maxsus ijtimoiy
qatlami bo`lib ma`muriy-xo`jalik rahbarligi sohasida ham ma`lum mustaqillikga ega.
Bozor iqtisodi sharoitida mejerlarning roli oshib bormoqda. O`zbekistonda
ham bu soha xodimlari ko`paymoqda. Xususan Toshkent iqtisodiyot dorilfununida,
Toshkent boshqaruv va siyosatshunoslik institutida ham menejerlar tayyorlash yo`lga
qo`yilmoqda.
Korxonada menejerlar odatda bir nechta bo`lib, ulardan biri bevosita
mahsulot ishlab chiqarish jarayonini boshqarsa, biri xom-ashyo resurslari va
materiallar ta`minotini boshqaradi. Yana biri mahsulot
sifati va ishlab chiqarish
texnologiyasini boshqarsa, boshqa biri korxona xodimlarini boshqaradi va h.
Bozorni o`rganish, narxlarni shakllantirish, mahsulotni sotish bilan bog`liq
ishlarni jamlab, bitta nom bilan marketing deb atashadi. Marketing xaridor
ehtiyojlarini to`laroq qondirish asosida tovarlar va xizmatlar bozorida ayirboshlash
jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan keng turdagi faoliyat bo`lib, uning asosiy
maqsadi yuqori foyda olishni ta`minlashdir.
Marketing – bozor iqtisodiyoti munosabatlarining yetakchi tushunchalaridan
biri. Marketing faqat bozordagi talay ehtiyojni qondirish vositasigina bo`lmay, balki
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun ham xizmat qiladi. Marketing bozor
holatini o`rganish, uni oldindan baholash, tovar ishlab chiqarish va sotish orqali
undan yaxshi foyda olishni ham uyushtiradi. Marketing ishi maxsus dasturlar orqali
amalga oshiriladi. Marketing quyidagi asosiy qoidalarga amal qiladi:
1.
Tovarga nisbatan bozor talabini o`rganish.
2.
Tovar ishlab chiqarishga nisbatan
korxonaning imkoniyatini
o`rganish.
3.
Xaridorning talab-ehtiyojini to`la qondirish va o`rganish.
4.
Mo`ljallangan bozorda tovarlar aytilgan vaqtda, belgilangan miqdorda
sotilishini tashkil qilish.
5.
Korxonalarning bozor yo`nalishiga, xaridor talabiga moslashishini
taminlaydi.
Tovar ishlab chiqaruvchilar marketing tufayligina bozor bilan uzviy
bog`lanadilar, ishlab chiqarish manbalarini bozortalab tovarlar yaratishga qaratadilar.
Bunday
zamonaviy
bozorshunoslar
– marketing bilan shug`ullanuvchi,
menejerlarning faoliyati, firmalar o`rtasidagi raqobat sharoitida korxonaning
muvaffaqiyatini ta`minlashda katta ahamiyat kasb etadi. Bu o`rinda to`g`ri
tanlangan, vaqtida o`tkazilgan reklamaning o`rni ham beqiyosdir. Menejmentning –
menejerlarning
birgalikdagi
hatti-harakati,
oxir-oqibat,
korxonani
oqilona
boshqarishga, ishlab chiqarish resurslaridan rejali foydalanib, ishlab chiqarish
samaradorligini, mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan bo`ladi. Menejer
qaysi
sohani boshqarmasin, u avvalo odamlar bilan ishlaydi, ularni boshqaradi.
Menejerning qo`l ostidagi xodimlar bilan o`zaro munosabati, ular bilan muomalasi
umumiy ish natijasiga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Ishning umumiy muvaffaqiyatini
oxir-oqibat menejer bilan xodimlar orasidagi insoniy munosabatlarga borib taqaladi