1.
Ishlab chiqarish sohalari haqida gapirining.
2.
Ko`p seriyali ishlab chiqarish deganda nimani tushunasiz?
3.
Ijodiy g`oya va dizayn tushunchalarini gapirib bering.
4.
Ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyolar haqida gapiring.
Yangi mavzuni bayon qilish.
Reja;
1.
Kasblar tasnifi (klassifikasiyasi).
2.
Kasblarning tiplari.
Dunyoda minglab kasblar bor. Mana shu rang - barang kasblar olamida
qanday qilib mo`jal olish kerak? Hayot yo`lini – mehnat faoliyatini ro`g`ri boshlash
uchun qaysi kasbni tanlagan ma`qul? Bu ishda kasblar tasnifi (tasnifsi) sizga yaxshi
yordam berishi mumkin. Ko`pgina predmetlarni o`rganish chog`ida siz har xil oddiy
va murakkab ob`ektlar, faktlar, voqea- hodisalar va boshqa shunga o`xshash narsalar
qanday tizimlashtirishini bilib olgansiz. Masalan, o`simlik va hayvon or`ganizmlari
tiplarga, turumlarga, otryadarga birlashtiriladi.
Kasblar tasnifi uchun har xil belgilarni asos qilish mumkin.
Masalan, ularning nomlari bo`shlanadigan birinchi harflar bo`yicha bo`lib
chiqishi mumkin. Bu xuddi lug`tlarning tuzilishiga o`xshagan bo`ladi.
To`g`ri, bunday tasnifdan kasb tanlash uchun eng avvalo o`sha kasbning
nomini bilish kerak.Hamma
gap shundaki, ko`p hollarda kasbning nomi, uning
qanday atalishi kasb tanlayotgan kishiga ma`lum bo`lmaydi. Masalan, aytaylik, siz
yaxshi
rasm chizasiz, bu mashg`ulot sizga juda yoqadi va siz bundan keyin h am
o`zingizdagi mana shu rasm chizish qobiliyati kerak bo`ladigan joyda ishlashni ,
aytingchi, siz gazmol ishlab chiqarishda rasmlardan nusxa ko`chiruvchi degan kasb
borligini, poligrafiyada – kolorist, retushyor kasbi, badiiy zargarlik buyumlari ishlab
chiqaradigan korxonalarda – inkrustator kasbi borligini bilasizmi, masalan,
birgina
tikuvchilik sanoatining o`zida molyar- konstruktorlar, texnologik jihozlarni
sozlovchilar, slesarlar, gazmolni saralaydigan raschyotchik – podborshchiklar,
qirquvchilar, tikuv – motoristlar, hisobchilar (buxgalterlar), iqtisodchi (ekonomistlar)
singari juda ko`p kasblar mavjud. Lekin kishining shaxsiy fazilatlari (
qiziqishlari,
mayllari, qobiliyatlari, hosil qilgan tajribasi) bilan sanoatning bir tarmog`idagi
kasblarni butunlay qamrab olishi mumkinmi? Albatta, yo`q. Shuning uchun ham
tarmoq belgilari bo`yicha tuzilgan tasnifdan emas, balki odamning o`zidan, ya`ni
mehnatda bevosita ishtirok etadigan kishining o`zidan
kelib chiqadigan belgilarga
qarab tuzib chiqilgan tasnifdan foydalanish kasb tanlayotgan kishi uchun qulay
bo`ladi.
Chindan ham odam ishlayotgan vaqtda uning diqqat-e`tibori sohaga emas,
balki (bu soha qanchalik yaxshi, obro`-etiborli va boshqa ko`pgina afzalliklarga ega
bo`lishiga qaramay), balki mehnat predmeti (ob`ekti)ga qararilgan bo`ladi. Mana shu
predmetni ishlatib, nimadir qilish kerak (bu endi mehnatning maqsadi bo`ladi). Har
qanday mehnatda qurollar, vositalar mavjuddir. Nihoyat, odam uchun uning qanday
sharoitda ishlashi muhim ahamiyatga egadir. Kasb tanlashni o`ylayotgan kishi uchun
qulay bo`lgan kasblar tasnifsi mana shu to`rtta belgiga qarab tuziladi.
Sxema tarzida olganda, bunday tasnifni to`rt
qavatli yaruslardan iborat
piramida shaklida tasavvur qilish mumkin. Uning yaruslari: kasblarning tiplari;
kasblarning turkumlari; kasblarning bo`limlari; kasblarning bo`limlari; kasblarning
guruhlaridan iborat bo`ladi. Eng bo`sh qoldirilgan to`g`ri to`rtburchak
sizning
bo`lajak kasbingizga mo`ljallangan.
Ushbu sxemani
siz o`zingizning kelajakdagi
mehnat
yo`lingizni
tanlayotganingizda o`ylab olishingizga imkon beradigan, asta-sekin pastdan yuqoriga
qarab chiqib borishingiz mumkin bo`lgan (kasb tipini aniqlashdan boshlab uning
turkumini muhokama qilishga o`tish va hokazo) bir “pillapoya”
sifatida qarash
mumkin.
Mehnat predmetiga qarab barcha kasblar beshta tipga bo`linadi: