30-dars.
“Texnologiya va dizayn” hamda “Servis hizmati” yo`nalishlari uchun.
Mavzu
Amaliy mustaqil ishlar: Sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab
chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini
( maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xom-ashyo, ijodiy
g`oya va dizayn yechimlarini asoslash.
O`qituvchiga metodik tavsiya
Bu mavzu umumiy ko`rinishga ega bo`lib, undan ko`zlangan maqsad
o`quvchilarning sanoat miqyosida qanday ko`rinishdagi
mahsulotlar ishlab
chiqarishini bilishlarini aniqlashdan,
shuningdek, ularni texnikada, uy-ro`zg`or
ishlarida ko`p qo`llaniladigan
mahsulotlarni, shu jumladan,
yangi mahsulotlarni
ishlab chiqarish taklifini o`rtaga tashlashga o`rgatishdan iborat. Shu maqsadda
o`qituvchi o`quvchilar oldiga ko`p ishlatiladigan maxsulotlarni
sanashni va ularni
qanday ishlab chiqarish mumkinligini aniqlashni vazifa qlib qo`yish mumkin.
Quyida texnikada va uy-ro`zg`or ishlarida ko`p qo`llaniladigan ayrim buyum va
mahsulotlarni keltirib o`tamiz.
“Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha – bolt, gayka, shayba, mix,
burama mix, osma, zulpin, eshik, rom, stol, stul, kursi, beshik, sandiq, divan, so`ri,
xontaxta, o`ymakorlik ishlari va h.
“Serviz xizmati” yo`nalishi bo`yicha – dastro`mol, ro`molcha, peshpand, fartuk,
qo`lqop, do`ppi, to`quvchilik, kashtachilik hamda zardo`zlik buyumlari va h.