O`zbekiston Respublikasida joriy etilgan uzluksiz ta`lim tizimi sxemasi.
Oliy ta`lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni taminlaydi.
Oliy ma`lumotli
mutaxassislar tayyorlash, oliy o`quv yurtlarida o`rta maxsus, kasb -
hunar ta`limi asosida amalga oshiriladi. Oliy ta`lim ikki bosqich: bakalavrlik va
magistraturaga ega.
Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim jamiyatning yuqori malakali ilmiy-
pedagogik kadrlarga bo`lgan ehtiyotlarini ta`minlashga qaratilgandir.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va
ko`nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta`minlaydi.
Kadrlar malakasini
oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Maktabdan tashqari ta`lim bolalar va o`smirlarning yakka tartibdagi
ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, ularning bo`sh vaqti va dam olishini tashkil etish
uchun davlat organlari,
jamoat birlashmalari, shuningdek, boshqa yuridik va
jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy ,
texnikaviy, sport va boshqa
yo`nalishlarda maktabdan tashqari ta`lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin.
Maktabdan tashqari ta
lim muassasalariga bolalar, o`smirlar ijodiyot saroylari,
uylari,
klublari va markazlari, bolalar-o`smirlar sport maktablari, san`at maktablari,
musiqa maktablari, studiyalar,
kutubxonalar, sog`lomlashtirish muassasalari va
boshqa muassasalar kiradi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida”gi qonun ham 1997 yil 29 avgustda
qabul qilingan . Maqsadi: ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan
mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish,
rivojlangan demakratik
davlatlar darajasida, yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori
malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iborat.
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli:
Shaxs-
kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub`ekti va ob`ekti, ta`lim sohasidagi
xizmatlarni iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchsi.