|
Mehnat ta’limi fanidan 8 – sinflar uchun dars ishlanmalar to’plamiBog'liq 8 sinf texnologiya konspekt [uzsmart.uz]-
binolar, inshoatlar, konstruksiyalarni montaj, ta`mir qilish bilan bog`liq
bo`lgan kasblar: armaturachi-betonchi, qo`lda ishlatiladigan asbob
bilan
kavsharlovchi-elektr payvandlovchi, slesar-kema remontlovchisi, arxitektor va b;
-
elektr jihozlarini qurilmalarni va apparatlarni yig`ish, montaj qilish bilan
bog`liq bo`lgan kasblar: kema-elektr montajchisi, radioapparatlar va qurilmalar
montajchisi, mikrosxemalarni yig`uvchi, soatsoz yig`uvchi, injiner-fizik va b;
-
eletr jixozlari, qurilmalar, apparatlar sozlanishi va ularga xizmat ko`rsatish
bilan bog`liq bo`lgan kasblar: radio va televizion apparatlarga xizmat ko`rsatish va
ularning ta`miri bo`yicha radiomexanik, elektroslesar, dastur bilan boshqariladigan
stanoklarni sozlovchi, elektr aloqalari texnigi, radiofizik va b;
-
yuk ko`tarish, transport vositalarini qo`llash va ularni boshqarish bilan
bog`liq bo`lgan kasblar: avtomobil haydovchisi, doker-mexanizator, fuqaro
aviyasiyasi uchuvchisi, avtomobil transportlaridan foydalanish injineri va b;
-
qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan kasblar:
oshpaz, nonvoy, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash bo`yicha injener-texnolog
va b.
Texnika ob`ektlarini qayta ishlash, o`zgartirish, qayta joylashtirish yoki
baxolashda xodimdan nihoyatda aniq ishlash, o`z xatti-harakatlarida qat`iyatli bo`lish
talab qilinadi. Madomiki, texnika ob`ektlari amalda har doim odamning o`z qo`li
bilan yaratilar ekan, texnika olamida novatorlik, fikr-mulohaza qilib ko`rish uchun,
texnika ijodkorligini namoyish qilish uchun ayniqsa katta imkoniyatlar mavjuddir.
Ishga ijodiy yondashish bilan bir qatorda texnika sohasida (boshqa hamma sohada
ham) odamdan yuksak darajada ijrochilik intizomi talab qilinadi.
Quyidagi savollarga javob bering:
Bu ishlar sizga yoqadimi, quyidagi ishlarni qilishni xohlardingiz:
1. Yangi materiallar, asboblar, mashinala tog`risida bilishni istaysizmi?
2. Qandaydir materiallarni, buyumlarni (gazmoldan, yog`ochdan, qog`ozdan,
metaldan yasalgan, oziq-ovqat mahsulotlaridan tayorlangan va boshqa shunga
o`xshashlarni) qarab chiqishni xohlaysizmi?
3. Buyumlarning xususiyatlarini va nimalarga ishlatilishini bilishni
istaysizmi?
4. O`z qo`lingiz bilan buyumni, mahsulotni tayorlash istagingiz bormi?
5. Yangi buyumlar o`ylab topishga yoki mavjud buyumlarni boshqacharoq
qilib yasashga zohishingiz qalay?
6. Har xil predmedlarni yig`ib ishlash sizga yoqadimi?
7. Kundalik turmushga kerak bo`ladigan narsalarni, maishiy texnikani,
kiyim-kechaklarni tartibga solish (ta`minlash, qayta yasash)ni yaxshi ko`rasizmi?
8. Texnik chizmalarni, sxemalarni tushuna olasizmi?
9. O`lchov vositalaridan foydalanishni bilasizmi?
10. Chizmalar chizishni bilasizmi?
Bordi-yu, siz ko`p savollarga “ha” deb javob berar ekansiz, chamasi sizga
“odam texnika” tipidagi kasb to`g`ri keladi.
|
| |