Mehnat ta’limi fanidan 8 – sinflar uchun dars ishlanmalar to’plami




Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/77
Sana14.05.2024
Hajmi1,37 Mb.
#232570
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77
Bog'liq
8 sinf texnologiya konspekt [uzsmart.uz]

1.
 
“Odam- tabiat”. 
Bu yerda mehnatning asosiy, yetakchi predmeti- 
jonli tabiatdir. Bu tipga, masalan, quyidagi kasblar kiradi: Urug`shunos, meva -
sabzavotshunos, davlat urug`chilik inspeksiyasi laboranti, master-charvador, 
kimyoviy-bakteriologik tahlil laboranti, zootexnik, agronom. 
“Odam-tabiat” tipidagi kasblardan quyidagilarni ajratib ko`rsatish mumkin: 
- o`simliklar organizmi mehnat predmeti bo`lgan kasblar; 
- hayvonlar organizmi mehnat predmeti bo`lgan kasblar; 
- mikroorganizmlar mehnat predmeti bo`lgan kasblar. 
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan bo`linish “odam-tabiat” tipidagi kasblar mansub 
bo`lgan kishilar mehnari faqat eslatib o`tilgan predmetlargagina qaratilgan bo`ladi, 
degan ma`noni anglatmaydi, albatta. O`simlikshunoslar, masalan, jamoa orasida 
ishlaydilar, xilma –xil texnikadan foydalanadilar, ularning o`z mehnatlari hisobga 
olish, unga iqtisodiy baho berish masalalari bilan ham shug`ullanishlariga to`g`ri 
keladi, lekin bari bir o`simlikshunoshlarning diqqat-e`tiborini jalb etadigan va ular 
g`amxo`rlik qiladigan asosiy predmet- bu o`simlioklar va ular o`sadigan muhit 
hisoblanadi. Mazkur tipdagi kasbni tanlash vaqtida siz o`zingiz tabiatga qanday 
munosabatda bo`lishingiz juda muhim ahamiyatga egadir: siz unga dam oladigan, 
ko`ngil xushlik qiladigan joy deb qaraysizmi yoki o`zingizni butun kuch -
g`ayratingizni biror mahsulot ishlab chiqarishga sarf etishga aylanayotgan ustaxona 
deb qaraysizmi? Bu savolga javob berish uchun odam o`zini ishlab chiqarish bilan 
bog`liq bo`lgan, jonli tabiatga aloqador ijtimoiy foydali mehnat jarayonida yoki 
tegishli to`garaklar, qiziqish bo`yicha tuzilgan guruhlarning mashg`ulotlarida 
qatnashib sinab ko`rishi mumkin. 
“Odam-tabiat” tipidagi kasblarni tanlash vaqtida hisobga olish zarur bo`lgan 
yana bir jihat bor. Mehnatning biologik ob`ektlarining o`ziga xos xususiyati shundan 


iboratki, ular (o`z ichki qonuniyatlariga ko`ra) muarakkab, o`zgaruvchan va 
nostandart bo`ladilar. O`simliklar ham, jonivorlar ham mikroorganizmlar dunyoga 
kelib yashaydilar, o`sadilar rivojlanadilar. Shuningdek kasallikka chalnadilar va 
halok bo`ladilar. Bu sohada ishlaydigan hodim tirik organizmlar to`g`risida juda ko`p 
narsalarni shunchaki bilibgina qolmay, shu bilan birga ko`pgincha muqarrar ravishda 
sodir bo`ladigan yoki sodir bo`lishi ehtimoli tug`ilgan o`zgarishlarni ham oldindan 
ko`ra bilish kerak. Aniq mehnat vazifalarini hal qilish vaqtida odamdan 
tashabbuskorlik va mustaqillik talab qilinadi u tabiatga nisbatan g`amxo`r va uzoqnio 
ko`ra oladigan kishi bo`lishi kerak. 
Bu ish sizga yoqadimi, quyidagi ishlarni bajarishni xohlarmidingiz: 
1.
Biologiyadan labaratoriya ishlari va amaliy mashg`ulotlarni bajarishni 
istaysizmi? 
2.
Maktab o`quv-tajriba uchastkasida, tirik burchakda, o`quvchilar 
ishlab chiqarish brigadasi dalalarida ishlash sizga yoqadimi? 
3.
O`z tomorqa uchastkangizda, bog`ingizda ishlashni istaysizmi? 
4.
Uy hayvonlarini boqishni istaysizmi? 
5.
Jonli tabiat to`g`risidagi ilmiy-ommobop, badiiy adabiyotni o`qishni 
sevasizmi? 
Agar mana shu savollarning ko`pchiligiga “ha” deb javob beradigan 
bo`lsangiz, u holda “odam-tabiat” tipidagkasblarning sizga to`g`ri kelishi ehtimoldan 
uzoq emas. Biroq, xozircha bu xulosani hali uzil-kesil xulosa deb hisoblab 
bo`lmaydi. Keyinchalik siz yana bir qancha omillar yig`indisini bilib olasizki, kasb 
tanlashda shu omillarni hisobga olmoq zarur. 

Download 1,37 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77




Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat ta’limi fanidan 8 – sinflar uchun dars ishlanmalar to’plami

Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish