iborat ma`lumotlarga qarata oladigan darajadagi alohida qobiliyat zarur bo`ladi.
Shartli belgilar shklidagi ma`lumotlarni qayta ishlash vaqtida bu ma`lumotlarni
nazorat qilish,
tekshirish, hisobga olish, qayta ishlash vazifasi, shuningdek, yangi-
yangi belgilar belgi tizimlarini yaratish vazifasi paydo bo`ladi.
5. “Odam-badiiy obraz”.
Kasblarning
bu tipida badiiy obrazlar, ularning
tuzilish usullari yetakchi mehnat predmeti hisoblanadi. Bu yerda quyidagi kasblarni
ajratib ko`rsatish mumkin:
- tasviriy faoliyat bilan bog`liq bo`lgan kasblar: baddiy mebellar ishlab
chiqarish bo`yicha duradgor, toshga o`yib gul soluvchi,
yoritish elektrotexnigi
(teatrda), poyabzal konstruktor-modellari, grafik-rassom va b;
- musiqa faoliyati bilan bog`liq bo`lgan kasblar: pianino va royollarni
sozlovchi, orkestr artisti, bastakor va b;
- adabiy-badiiy faoliyat bilan bog`liq bo`lgan kasblar: baddiy adabiyot
muharriri, adabiy xodim va b;
- aktyorlik-sahna faoliyati bilan bog`liq bo`lgan kasblar: teatr artisti, estrada
artisti va b.
“Odam-baddiy obroz” tipidagi kasblarning o`ziga xos xususiyatlardan biri
shundan iboratki, xodim amalga oshirgan, sarf qilgan
mehnatining anchagina qismi
tashqi tomondan qaragan kishining ko`ziga ko`rinmay, yashirincha qoladi. Bundan
tashqari, mehnatning so`ngi natijasiga erishish uchun, yangi ijroning yengil,
zo`riqmasdan bajarilishi va o`ynalayotgan ro`lning tabbiy chiqishi uchun ko`pincha
maxsus kuch-g`ayrat sarf qilishga to`g`ri keladi. Chunonchi, sahnada bor-yo`g`i bir
necha minut davom etadigan tomoshani ko`rsatish uchun artist har kuni bir necha
soatlab mehnat qilishi kerak. Mazkur tipdagi kasbni tanlamoqchi bo`lsangiz
mehnatning mana shu yashirin tomoni to`g`risida o`ylab ko`ring, ehtimol,
bu ishni
bajarish sizning qo`lingizdan kelmay qolishi ham mumkin.