moslashadigan
kompleks-avtomatlashgan
ishlab
chiqarishni
barbo
qilish
moljallanmoqda. Yuksak samarali texnikaning yangi avlodlarini yaratish va joriy
etishni jadallashtirish, mashinalar tizimlarini hamda
texnologik asbob-uskunalar
komplekslarini ishlab chiqarishga o`tish vazifasi qo`yilmoqda.
Xalq xo`jaligini kompyuterlashtirish keng tus olib borayotgani sababli ishlab
chiqarishning barcha sohalarini yanada mukammal hisoblash texnikasi vositalari
bilan ta`minlash zarur. Bu tadbir iqtisod va boshqarishning informatsion-texnik
bazasini tubdan qayta qurishni amalga oshirish imkonini beradi.
Fan-texnika taraqqiyotining yo`nalishlaridan biri- oldindan belgilangan
xossalarga, ayniqsa, progressiv konstruksion xossalarga ega bo`lgan, jumladan,
sintetik,
kompozitsion, o`ta toza va boshqa materiallar yaratishdir. Ularni ishlab
chiqarishga joriy etish metallar va qotishmalarni, qimmatli tabiiy materiallarni tejash
imkonini beradi.
Energiyani tejashga, uning yangi manbalaridan foydalanishga katta ahamiyat
berilmoqda. Quyosh energiyasi, shamol energiyasi va boshqa muqobil energiya
manbalardan foydalanishni keng rivojlantirish mamlakatimiz
energetika sanoatini
sifat jihatdan yangi asosda qayta qurish va organik yoqilg`ining o`ta kamyob turlari
sarflanishini kamaytirish imkonini beradi.
Yuqori kategoriyadagi sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni ancha
ko`paytirish, texnikaning ishonchligini oshirish va ekspluatatsiya muddatlarini
uzaytirish mo`ljallanmoqda. Shu maqsadda sifatni boshqarishning kompleks tizimi
joriy etilmoqda. Fan-texnikaning istiqbolli yutuqlari asosida detallar, qismlar va
texnologiyalarni
tarmoqlar
hamda
tarmoqlararo
unifikasiyalash
amalga
oshirilmoqda.
Fan-texnika taraqqiyotining yuqorida ko`rib chiqilgan va boshqa barcha turdagi
yo`nalishlarini muvoffaqiyatli amalga oshirish fanning
ishlab chiqarish bilan
maksimal darajada yaqinlashuviga, “Ilmiy g`oya- ishlab chiqarish- joriy etish”
jarayonning tezlashuviga yordam beradi. Shunga ko`ra ilmiy- ishlab chiqarish
birlashmalarining
tarmoqlari
rivojlantirilmoqda,
tarmoqlararo
ilmiy-texnik
komplekslar, ya`ni fan bilan ishlab chiqarishni birlashuvining prinsipial yangi shakli
kengaytirilmoqda.
Jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi, moddiy ishlab chiqarish sohasining
rivojlanishi va murakkablashib borishi, fan-texnika taraqqiyoti omili rolining o`shib
borishi nomoddiy nematlarga bo`lgan talabning ko`payishiga olib keladi.
Fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirishda, ko`p mehnat va ilm-fan yutuqlaridan
foydalanish talab qilinadigan zamonaviy yangi ishlab chiqarishni o`zlashtirishda
tashabbuskor bo`lish, respublikamizning kelajak yo`lini ochib berishi lozim. Shuning
uchun biz tanlagan bosh yo`l –respublikaning barcha tabiiy boyliklarini – paxta,
metallar, pilla, gaz, meva- zabzavot va boshqa mahsulotlarni qayta ishlashni
ko`paytirishdan iborat hisoblanadi. Bu vazifani fan-texnika
yutuqlariga asoslangan
sermehnat ishlab chiqarishni, malakali mutaxassis va mehnatkashlarning barcha
tabaqa vakillari saviyasining o`sishini ta`minlamasdan bajarib bo`lmaydi. Bu esa o`z
navbatida ishga ijodiy, qiziqish bilan yondashish, kam sarflab eng yuqori natijalarga
va mahsulotning yuksak sifatli bo`lishiga erishish uchun intilish-olg`a tomon
harakatning, xalq farovonligini va mamlakatimiz qudratini oshirishning garovi
hisoblanadi.