3. Fan-texnika taraqqiyoti jamiyatimizni, uning har bir a`zosi
hayotini
takomillashtirishga qanday ta`sir ko`rsatadi?
2. Uyga vazifa berish.
O`quvchilarga mavzu asosida qo`shimcha materiallarni to`plash va refarat
tayyorlashni tashkil etadi.
27-28 dars.
“Texnologiya va dizayn” hamda “Servis xizmati” yo`nalishlari uchun.
Mavzu:
Kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish yo’nalishlari, tartibi
Darsning maqsadi:
a)
ta`limiy
- o`quvchilarga kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish
yo`nalishlari va tarkibi haqida
tushuncha berish, ularga O`zbekiston
Respublikasining “Ta`lim to`g`risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy tasturi
to`g`risida”gi Qonunlarining mazmuni, mohiyatini tushuntirish;
b)
tarbiyaviy
- o`quvchilarda ta`lim olishga, kasb-hunarga bo`lgan qiziqishini
rivojlantirish;
v)
rivojlantiruvchi
- o`quvchilarning ta`lim olish va hunar o`rganish imkoniyatlari
haqidagi bilimlarini kengaytirish.
Kasbga yo`naltiruvchi maqsad:
o`quvchilarga kasb-hunar o`rgatish sohasidagi
imkoniyatlari, burchlari va huquqlarini tushuntirish
orqali ularni shu kasblarga
bo`lgan qiziqishlarini mustahkamlash, biror kasbni tanlashlariga ko`maklashish.
Darsning vazifasi:
-
O`zbekiston respublikasining “Ta`lim to`g`risida” va “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi to`g`risidagi Qonunlari haqida ma`lumot berish,
har bir fuqoraning
ta`lim olishi ta`minlanganligini tushintirish;