Yangi materiallar va zamonaviy texnologiyalar




Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/77
Sana14.05.2024
Hajmi1,37 Mb.
#232570
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77
Bog'liq
8 sinf texnologiya konspekt [uzsmart.uz]

2.Yangi materiallar va zamonaviy texnologiyalar.
Hozirgi texnika uchun 
belgilangan xossalarga ega bo`lgan xilma-xil materiallar kerak. Bunday materiallar, 
masalan, juda katta yuk yoki issiqlik va sovuqqa chidamli, muayyan fizik-kimyoviy 
xossalarga ega bo`lishi (turli muhitga, haddan tashqari yuqori yoki past elektr 
o`tkazivuchanlikka dosh bera olish) lozim. Buning zarurligini texnika murakkab 
shraoitlarida ishlatilganida yuqori darajada mustahkamligi va ishlash qobiliyatini 
saqlash kerakligi bilan izohlash mumkin. Masalan, kosmik kema uchayotganida 
bosim va vibratsiyaga, temperaturaning keskin farqlanishiga, quyosh radiasiyasining 
ta`siri va hokazolarga duch keladi. Demak. bunday apparatlar uchun o`ta qattiq, 
issiqqa chidamli materiallar kerak. Aslida esa bunday materiallar tabiatda yo`q. Turli 
kimyoviy elementlarni birlashtirish oldindan belgilangan xossalarga ega bo`lgan 
yangi materiallarni hosil qilish mumkin. 
Yangi materiallar faqat kosmosdagina zarur emas. Sanoat va qishloq xo`jalik
texnikasini ishlatish sharoiti ko`pincha ana shu texnika tayyorlanadigan material bir 
necha xossalarga ega bo`lishini, masalan, ham vibratsiyaga chidamli, ham yuqori 
darajada mustahkam va oson ishlov beriladigan bo`lishini taqozo etadi. Lekin yangi 
materiallar yaratish zarurligi faqat murkkab ekspluatasiya shroiti bilan bog`liq emas. 
Ishlatib kelinayotgan qotishmalarning ayrim tarkibiy materiallari juda qimmat
ularning tabiiy zapaslari cheklangandir. 
Yangi mareriallar yaratishda ularga ishlov berish imkoniyatlari ham hisobga 
olinadi. Masalan, juda qattiq qotishmalardan zagotovkalar kesishda ularga nisbatan 
qattiqroq materiallardan yasalgan asbob-uskuna va moslamalar bo`lishi shart. 
Yangi mareriallar (plastmassalar, sintetik kauchuklar, smolalar, sun`iy olmos va 
hokazolar) tufayli yangi texnologiyalar vujudga keladi. Chunonchi mashinasozlikda 
sintetik olmoslardan foydalanish detallar prakat qilinganidan so`ng tokarlik ishlarisiz 
silliqlash yoki issiqligicha shlifovkalash imkonini beradi. Faqat yangi materiallar 
emas, balki energiyaning yangi turlari ham yangi texnologiyalar yaratishgda yordam 
beradi. Bu jihatdan lazer, elektron-nur, plazma texnologiyalari alohida e`tiborga 
loyiqdir. 
Kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyalarni keng joriy qilish fan-texnika 
taraqqiyotini jadallashtirishning muhim yonalishidir. Sizlar metall qirqish 
stanoklarida ishlayotganingizda anchagina metall qirindiga aylanishini ko`rgansiz. 
Ko`p hollarda dastlabki materiallarning 70-80 foizini chiqindilar tashkil etadi. Xuddi 
shu sababli, xususan, mashinasozlikda metallarni qirqish bilan ishlash o`rniga 
chiqindisiz va kam chiqindilib texnologik usullarni qo`llash nihoyatda muhim 
ahamiyatga egadir. Bu esa yengil sanoat va tikuvchilikda ham juda muhim omillrdan 
hisoblanadi. 
Zamonaviy ishlab chiqarishga yangi materiallarni, ilg`or texnologik jarayonlarni 
joriy etish, an`anviy texnologik jarayonlarni intensiflashtirish xalq xo`jaligining turli 
tarmoqlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo`lidir. 

Download 1,37 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77




Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yangi materiallar va zamonaviy texnologiyalar

Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish