IV. Yangi o`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash: 1.
Mashinalniar ishlab chiqarishda va turmushda qo`llaniladigan texnika va
vositalardan nima bilan farqlanadi?
2.
Mashinalar vazifasiga ko`ra qanday tasniflanadi?
3.
Hozirgi zamon ishlab chiqarish texnologiyasi qanday yo`nalishlar bo`yicha
takomillashmoqda.
4.
Chiqindisiz va kam chiqindili texnologiya nima?
5.
Maktab ustaxonasida metall va yog`och chiqindilarini qanday qilib
kamaytirish mumkin?
V. Darsni yakunlash ( xulosalash) va uyga topshiriq berish. 21-22-dars. “Texnologiya va dizayn” hamda “Servis xizmati” yo`nalishlari uchun
Mavzu: Mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar Darsning maqsadi: a) talimiy – o`quvchilarning turli xomashyolarga mexanik ishlov berish
haqida bilimlarini kengaytirish;
b) tarbiyaviy – o`quvchilarda ishlab chiqarish sohalaridagi kasblarga
nisbatan qiziqish uyg`otish, ularda yangilikga intilish hissini tarbiyalash;
v) rivojlantiruvchi – o`quvchilarning yangi texnika va ilg`or texnologiya
haqidagi bilimlarini rivojlantirish;
Kasbga yo`naltiruvchi maqsad: o`quvchilarning ishlab chiqarish
sohalaridagi yangiliklarni qo`llashga oid bilimlarini kengaytirish orqali ularni shu
kasblarga bo`lgan qiziqishlarini mustahkamlash, biror kasbni tanlashlariga
ko`maklashish.
Darsning vazifalari: - turli materiallar haqida tushuncha berish;
- ilg`or texnika va texnologiyalar haqida ma`lumot berish;