Ishlab chiqarish jarayoni strukturasi




Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/77
Sana14.05.2024
Hajmi1,37 Mb.
#232570
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   77
Bog'liq
8 sinf texnologiya konspekt [uzsmart.uz]

Ishlab chiqarish jarayoni strukturasi.
Ishlab chiqarishning qator tarmoqlarida 
texnologik operatsiyalar o`tishlarga ajratiladi. O`tish operatsiyaning qismlarga 
bo`linmaydigan va asbobni (moslamani) almashtirmay bitta yoki bir nechta ishchi 
tomonidan ish rejasini o`zgartirmay bajariladigan tugal qismidir. Masalan, 
mashinasozlik korxonasining yig`uv sexida ishchi buyumni yig`ish jarayonida 
gaykovert, toresli klyuch, o`lchov asboblaridan foydalanadi. Uning barcha ishlari 
birgalikda slesarlik-yig`uv texnologik operatsiyaning mazmunini tashkil etadi, ammo 
gaykovert bilan ishlash- bir o`tish, toresli klyuch bilan ishlash boshqa bir o`tish, 
shtangensirkul bilan nazorat o`lchash uchunchi o`tish hisoblanadi. 
Konstruktorlik tayyorgarligi berilgan topshiriqni texnik-iqtisodiy asoslash va 
buyumga qo`yiladigan texnik talablar ifodalangan dastlabki hujjatni ishlab 
chiqarishdan boshlanadi. Oxirgi natija ishchi hujjat, ya`na ishchi chizmalar bo`lib, 
ularda buyumlarni tayyorlash va nozorat qilish uchun zarur: yig`ish chizmalari
detallarning chizmalari, ularning tafsilotlari va hakozolar ifodalanadi.Ana shu 
hujjatlar asosida korxonaning texnologik tayyorgarligi amalga oshadi. Bu 
tayyorgarlik mahsulot tayyorlashning texnologik jarayonini ishlab chiqarishdan 
iborat bo`lib, u texnologik hujjatlarda-marshrut, operasiya kartalari va hakozalarda 
o`z aksini topadi. Korxonaning texnologik tayyorgarligi yagona tizimiga, ya`na xalq 
xo`jaligining istalgan tarmog`iga mansub har bir korxona rioya etadigan 
standartlarga muvofiq amalda oshiriladi. 
Texnologik jarayonlarni loyihalashda bir tomondan buyumga qo`yiladigan texnik 
talablar, ikkinchi tomondan ishlab chiqarishning imkoniyatlari, uning zarur 
stanoklar, asboblar va kadrlar bilan ta`minlanganligi hisobga olinadi. 
Korxonaning 
tashkiliy-ishlab 
chiqarish 
tayyorgarligi 
uning 
texnologik 
tayyorgarligiga chambarchas bog`liqdir. U sexlar va uchastkalarning aniq tashkil 
etishidan, ta`minot, jihozlarni joylashtirish, buyumning tajriba namunalari tayyorlash 
masalalarini aniqlashdan iboratdir. Ko`pincha mahsulotni sanoat ko`lamida 
o`zlashtirishni tezlashtirish uchun ishlash chiqarishning ba`zi tayyorgarlik 
bosqichlari birlashtiriladi. 

Download 1,37 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   77




Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish