13-rasm
Tepa qismining andazasini tayyorlash
. Olingan o`lcham asosida do`ppining tepa
qismi radiusini aniqlash. Uni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:
R=L:6,28=8,6 sm.
Bu yerda: L-o`lcham uzunligi, 54 sm; 6,28- o`zgarmas son.
O`lcham uzunligi L ni tepa qismning radiusini topish formulasiga qo`yamiz.
Mana, formula yordamida 54-o`lcham uchun tepa qismining aylana radiusi 8,6 sm
bo`lishini aniqlab oldik. Endi pargor yordamida radiusi R=8,6 sm bo`lgan aylana
chizamiz. Chizilgan aylanani qaychi yordamida qirqib olamiz. Qirqib olingan doirani
karton qog`ozga ko`chirib, do`ppining tepa qismi andazasini tayyorlab olamiz.
Kizak qismining andazasini tayyorlash
. Endi kizak qismining andaza chizmasini
chizamiz. Buning uchun eni 4 sm, uzunligi L ga ya`ni o`lcham uzunligiga ( u kizak
uzunligiga teng, bizning misolimizda L=54 sm ) teng bo`lgan to`g`ri to`rtburchak
chizib olamiz (15- rasm):
15- rasm
Mana, kizak qismining ham andazasi tayyor bo`ldi. Kizakning enini
ixtiyoriy ravshda 4 sm dan oshirib olish ham mumkin. Bu do`ppining chuqurroq
bo`lishini taminlaydi.
Uchburchaksimon taxlanadigan do`ppilarning andazasini tayyorlash
(16-rasm)
16-rasm
Avval do`ppi uchun kerakli o`lchamni aniqlab, yozib olamiz (misol uchun 54 -
o`lcham). Uchburchaksimon taxlanadigan do`ppilarning
tepa qismining andaza
chizmasi quyidagicha tayyorlanadi.Kizak qismining uzunligini tortga bo`lamiz:
54:4=13,5 sm.
Tomonlari 13,5 sm ga teng bo`lgan to`g`ri to`rtburchakning burtbuklarini chizg`ich
yordamida markaziy O nuqtada kesishuvchi A-E VA B-D to`g`ri chiziqlar orqali
tutashtiramiz.
.
Hosil qilingan chizmada to`g`ri to`rtburchakning markaziy nuqtasi O dan istalgan
burchak nuqtasigacha bo`lgan masofani (O-A, O-E yoki O-D ni) chizg`ich
yordamida o`lchab aniqlaymiz. (Bizning misolimizda 9,5 sm ga teng.) Endi pargor
yordamida to`g`ri to`rtburchakning
markazi O nuqtada, radiusi 9,5 sm ga teng
bo`lgan aylana chizib olamiz.
Aylananing to`rtburchak tashqarisiga chiqib turgan qismini ikki yoki uch bo`lakka
bo`lib chizib chiqamiz. Chizib olingan bo`lakning 19-rasm birinchi yoki 20-rasm
ikkinchisini qoldirib, qirqib olamiz. Buni ham karton qog`ozga ko`chirib, qirqib
andaza tayyorlab olamiz. Mana, uchburchaksimon taxlanadigan do`ppining tepa
qismi andazasi tayyor bo`ldi. Kizak qismining andazasi uzunligi 54 sm bo`lgan, eni
esa do`ppilarning
turiga qarab, 4 sm dan 6 sm gacha bo`lgan to`g`ri to`rtburchak
holida tayyorlanadi. Mana, siz bilan dumaloq va uchburchaksimon taxlanadigan
do`ppiolarning andazalarini tayyorlashni o`rganib oldik.