Mehnat ta’limi fanidan 8 – sinflar uchun dars ishlanmalar to’plami




Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/77
Sana14.05.2024
Hajmi1,37 Mb.
#232570
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   77
Bog'liq
8 sinf texnologiya konspekt [uzsmart.uz]

Yog`och 
o`ymakorligida 
qo`llaniladigan 
asboblar 
va 
mahsulot 
tayyorlashdagi ish usullari. 
Yog`och o`ymakorligida naqsh kompoziyalarini 
chizish, o`lchash va boshqalarda bir qancha ish, o`lchov va nazorat asboblari 
ishlatiladi. Masalan metr, chizg`ich, go`niya, pargor (ruscha-sirkul), kronsirkul, 
nutromer, qalam, knopka, o`chirg`ich, reysfeder, reysshina, transportir kabilar 
o`lchash va nazorat asboblariga kiradi(5-rasm) 
Yog`och o`ymakorligida turli ish asboblar ishlatilib, ular o`ziga xos ishlarni 
bajaradi (6-rasm). Yog`och o`ymakorligida turli ish asboblar ikki turga bo`linadi, 
ya`ni naqshni o`yish uchun “o`yma qalamlar” va ikkinchisi “naqsh qalamlar”. 
Asboblarning shakli va bajaradigan ishiga qarab iskanalarning bir necha xillari 
bo`ladi. Masalan, iskana, morpech iskana, baliq sirti iskana, zamin iskana, kovza 
iskana, chekma iskana va boshqalar.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5-rasm. Yog‟och o‟ymakorlik asboblari 
 
Iskanalar shakliga va bajaradigan ishiga qarab sakkiz guruhga bo`linadi: 
1.
To`g`ri iskanalar- 4-xil bo`lib, mayda (tig`ining kengligi 1,5 mm) 
iskana, o`rta iskana, katta iskanalarga bo`linadi.Ular o`yma naqsh elementlarining 
atroflarini va geometrik shakldagi bog`dodi naqshlarning chetlarini kesishda, zamin 
olishda va ularni tekislashda ishlatiladi. 
2.
Kurakcha iskanalar-2 xil bo`lib, tig`ining kengligi 15-25 mm bo`ladi. 
Bu iskanalar kesadigan tig`ining uchi bir tomonga qiya qilingan bo`lib, kurakcha 
shaklida bo`ladi. O`quvchi usta o`ng qo`li bilan iskananing dastasidan ushlab, naqsh 
chizig`i ustid, ma`lum bir chuqurlikda sanchigan holda o`zi tomon kesadi. Bu iskana 
asosan buyumlarning chetiga ensiz zanjir va hoshiya naqshlar o`yishda qo`llaniladi. 
3. Navo iskanalar- navo iskananing yig`ining uchi bov shaklida bo 
lib, eni 2 mm 
dan 15mm gacha bo`ladi. Bu iskanalar yo`goch buyumlarning yuziga turli shakldagi 
o`simliksimon, islimiy, qavartma naqshlarni o`yish va pardozlashda ishlatiladi. Nova 
iskanalar to`rt xil: nuqta nova iskana, kichik iskana, o`rta nova iskanadir. 
4. Baliq sirti iskana- bu iskanalarning tig`i botiq, kamalaksimon ko`tarilgan, baliq 
qovurg`si shaklida bo`lib, tig`ining kengligi 3,6,10,15mm gacha bo`ladi.Yog`ochga 
chizilgan naqshni o`yish uchun usta iskanani chop qo`lida ushlab, tig`ini chi zizq 
ustida ushlab, tig`ini chiziq ustiga tik qo`ygan holda bolg`acha bilan urib kesadi. 
5. Zamin iskanalar-2 xil bo`lib, tig`ining kengligi 5-7 mm gacha bo`ladi. Ular 
buyumlarning yuziga chizilgan islimiy va girih naqshlarning zaminini o`yib olishda 
ishlatiladi. 
6. Chekma iskanalar- buyumning iziga o`yilgan naqshlar zaminining bir tekis 
bo`lishi, naqsh chiziqlarining aniq ko`rinishi uchun ishlatiladi. Naqshni o`yishda 
oquvchilar iskanani chap qo`l kaftining orasiga olib, uni tik ushlagan holda 
bolg`acha bilan naqsh zamainini bir chetdan cheklab chiqadi. Chekma iskanalar bir 
tishli, uch tishli, besh tishli, o`n olti tishli bo`ladi. 
7. Morpech iskanalar- 4 xil bo`lib, tig`ining kengligi 5, 8, 15, 20 mm gacha 
bo`ladi.Bu iskanalar buyumlarga qo`yilgan naqshlarning chetlaridagi zanjiri, 


hoshiya, yarim doiralar, nuqtalar chiqarishda ishlatiladi. Morpech iskana ham 
bolg`acha bilan urib ishlatiladi. 
8. Kavza iskana-3 xil bo`lib, tig`ining kengligi 5, 8, 12 mm gacha bo`ladi. Bu 
iskanalarning to`g`ri tig`li va egri tig`li deb yuritiladigan ham bor. Kavza iskanalar 
buyumlarning yuziga o`yilgan naqsh chiziqlarining ustiga uch qirrali qavariq yollar 
chiqarish va parallel chiziqlar tushirishda ishlatiladi. 
Yuqorida ko`rsatilgan o`ymakorlik asboblari bilan buyumlarga turli xil naqshlarni 
o`yish mumukin. O`yamakorlik asboblaridan foydalanar ekanmiz, agar ular o`tmas 
bo`lsa, ish sifatsiz, ko`ngildagidek chiqmaydi, shuning uchun ham “Ustani o`zi usta 
emas, asbobi usta” yoki “Ishni asbob qilar, egasi lof urar” deb bejiz aytmaganlar. 

Download 1,37 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   77




Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat ta’limi fanidan 8 – sinflar uchun dars ishlanmalar to’plami

Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish