bo`lsa, avval uning o`tim haqi 2-3sm, so`ngra adip haqi 2,5x2+1,5=6,5sm qo`yiladi.
Bluzka taqilmasida adip alohida bo`lsa, o`tim haqi 2-3sm, so`ngra bort adipini tikish
uchun chok haqi 0,5sm qo`shiladi, ya`ni 2,5+0,5=3sm.
Bluzka taqilmasida yaxlit
plankali ishlatilsa, u holda o`tim haqi 2 baravar ko`p olinadi, ya`ni 2,5x2+2=7 sm.
Bluzkadan oilaviy tantanalarda: bluzka bilan yupka yoki bluzka bilan shim
bilan birga kiyish mumkin. Uyda ishlash kiyimi komplektlari
nihoyatda bemalol
harakat qilishga xalaqit bermaydigan bo`lishi kerak. Buning uchun trikotaj maykalar,
sviterlar bilan shim yoki gavdaga yopishib turmasligi uchun qo`yimi ko`paytirilgan
bluzkalar kiyish yaxshi hisoblanadi. Quyida o`quvchilar amaliy mashg`ulot
davomida mustaqil ishlashlari uchun bluzka andozalaridan namunalar va turli xil
bluzka assortimentlari keltirilgan.