Raqamli iqtisodiyotning jamiyatni rivojlanishidagi dolzarb muammolari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
334
RAQAMLI IQTISODIYOTNING BUGUNGI RIVOJINING MUAMMO
VA YECHIMLARI
Murodullayeva Rayhona Abdurahmon qizi
Shamamatova Sayyora Jo’raboy qizi
Sobirova Kamola Abduvohid qizi
Akbarova Mohigul Asrorjon qizi
Muxammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali talabasi
Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha
samarador texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi
shuning uchun ham davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish
maqsadida respublikamiz rahbariyati bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi.
Masalan, O’zbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 28 dekabrdagi 2019 yil
uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Muroja’atnomasida
ham mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo’yicha quyidagilarni
aytib o’tdi: “Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli
texnologiyalar asosida
yangilanishini ko’zda tutadigan “Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsitasi”ni
ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli O’zbekiston-2030” dasturini
hayotga tadbiq etishimiz zarur. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni
kamida 30 foizga o’stirish, korruptsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi.
Nufuzli halqaro tashkilotlar o’tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda.Shuning
uchun Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga o’tish bo’yicha “yo’l
haritasi” ni ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada axborot havfsizligini
ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur. Shuning uchun ham uni qanday
rivojlantirish masalalari jamiyat va halq oldida ko’ndalang bo’lib turibdi. Ushbu
maqolada O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish
strategiyasining ba’zi bir yo’nalishlari mualliflar nuqtai-nazaridan muhokama
qilinadi.
Hozirgi vaqtda jahondagi bir qancha rivojlangan mamlakatlar (AQSH,
Xitoy, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya va boshqalar), jahon
iqtisodiyotida ro’y berishi boshlangan o’zgarishlarni
hisobga olgan holda,
Актуальные проблемы цифровой экономики в развитии общества
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
335
iqtisodiyotning ko’pchilik tarmoqlarini raqamlashtirish bo’yicha jadal harakatni
boshlamoqdalar. Lekin, bu ma’lumotlarni nazarda tutgan holda shuni qayd
etishga majburmizki, bironta, jumladan, yetakchi mamlakatlarda ham raqamli
iqtisodiyot o’zi nima ekanligi va u kelajakda qanday
oqibatlarga olib kelishi
mumkinligi haqida to’laqonli falsafiy tushunish yo’q. Ko’rinib turibdiki, raqamli
iqtisodiyot deganda, ko’plab mamlakatlar iqtisodiy munosabatlar va
boshqaruvning
yangi shakllarni
emas, balki, iste’molchilar
bilan
kommunikatsiya qilish va to’lovlarning yangi elektron raqamli shakllarini
tushunadi, holos. Aftidan, ko’pchilik mamlakatlar raqamli iqtisodiyotni ongli
ravishda
tashkil
etmaydilar,
balki
mavjud
iqtisodiy
munosabatlarni
raqamlashtirish jarayoni bilan shug’ullanadi, xolos. Iqtisodiyotni raqamlashtirish
jarayonining ba’zi yetakchi mamlakatlari esa qarama-qarshi yondashuvlar tanlab
olishgan. Masalan, AQSH bozor yo’nalishini, Xitoy
esa rejali iqtisodiyotni
tanlab olgan. Qolgan mamlakatlar ma’lum bir oraliq variantlarga rioya qilishadi.
Shuni alohida aytib o’tishni kerakki, xuddi Xitoy kabi, AQSH dasturi nuqtai-
nazaridan ham iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonida biz globallashuvning
yangi bosqichini ko’ramiz. Dunyodagi eng kuchli ikkita iqtisodiyot sifatida
AQSH va Xitoy uchun globallashuv foydali, chunki iqtisodiy jihatdan kuchliroq
bo’lgan o’yinchi doimo o’z ustunligini namoyish etish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Agar bu sohadagi AQSH ning ko’rib chiqadigan bo’lsak, raqamli iqtisodiyotni
tashkil qilish jarayonini to’rt asosiy blokka ajratish mumkinligi ma’lum bo’lib
qoladi:
1.Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun kerakli bo’lgan
shart-
sharoitlarini yaratish (ya’ni, tegishlinormativ-huquqiybaza tashkil qilish);
2.Raqamli transformatsiya qilinishga eng tayyor bo’lgan iqtisodiyot
sub’ektlarida raqamli iqtisodiyot platformalarining vujudga kelishi va global
miqyosda ishga tushushi;
3.Raqamli iqtisodiyot platformalarning o’zaro raqobat kurashi va ularning
astasekinlik bilanintegratsiyalashuvi amalga oshishi;
Raqamli iqtisodiyotning jamiyatni rivojlanishidagi dolzarb muammolari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
336
4.Raqamli iqtisodiyot sohasidagi eng perspektiv
yechimlarni butun
iqtisodiyotga joriy qilish. Biz ham mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirishning AQSH va Xitoy mamlakatlarida sinovdan o’tgan huddi
shunday strategiyasini tanlaganimiz maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Raqamli iqtisodning yana boshqa bir hizmatlari, shu jumladan,
big data,
sun‟iy intellect, mashina vositasida ta‟lim berish, kraudsorsing, kraudfunding,
blokcheyn va bulutli texnologiyalar ham kelajak iqtisodiyotida va korporativ
boshqaruvda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini
hayotning rivojlanish
tendentsiyalari yaqqol ko‟rsatib turibdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi
2019 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga
Muroja’atnomasi.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-avgustdagi “O‘zbekiston
Respublikasida raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va joriy
etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
3.Gulyamov.S.S. va boshqalar.Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn
texnologiyalari. Т.: “Iqtisod Molia” nashriyoti, 2019. 396 bet.