BILIMLARGA ASOSLANGAN RAQAMLI IQTISODIYOT
Nasimova Nargiza Shavkatjonovna
TATU Farg’ona filiali bosqich magistranti
Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotni tushunish, uning tub
mohiyatini o’rganishdan, ya’ni oxirgi mahsulotda (
yoki ko’rsatiladigan
hizmatda
) aks etgan bilim yoki innovatsiyalarning mohiyatini tushunishdan
boshlanadi. Zamonaviy nazariya asosida tushunilsa, innovatsiya bozorda amalga
oshiriladigan, amaliyotda qo’llaniladigan yangi yoki mukammallashtirlgan
texnologik jarayon natijasida amalga oshadigan innovatsion faoliyatning yangi
yoki mukammallashtirilgan mahsuloti sifatidagi oxirgi natijasi hisoblanadi. Turli
xil ko’rsatgichlardan foydalangan holda, iqtisodiy nazariya turli ko’rinishlardagi
Актуальные проблемы цифровой экономики в развитии общества
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
337
”
innovatsiya
” larning quyidagi tafsiflarini taqdim etadi. Bunda u
innovatsiyalarning ishlatilishi va miqyosini, qanday ko’rinishda amalga
oshirilishi, yangilik darajasi va qo’llanilish chegaralari bo’yicha tavsiflaydi.
Masalan, qamrab olish miqyosi va foydalanilishi bo’yicha raqamli
innovatsiyalarning quyidagi asosiy turlari bo’lishi mumkin:
•
Raqamli iqtisodiy innovatsiyalar
– yangi raqamli iqtisodiy
mexanizmlar, bozor tashkilotlari, mahsulotni tarqatish va
almashtirish usullari;
•
Raqamli ishlab chiqarish-texnologik innovatsiyalar
– ishlab
chiqarishda yangi raqamli texnologiyalar yaratish va ulardan
foydalanishga yo’naltirilgan;
•
Raqamli
ekologik
innovatsiyalar
– tashqi muhitning
ifloslanishini
kamaytiradigan,
xavfli
chiqindilarni
tozalaydigan, chiqindilarni qayta ishlaydigan va shunga
o’xshashlar;
•
Tashkiliy-boshqaruv turidagi raqamli innovatsiyalar
– ishlab
chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatida yanada samaraliroq
tashkiliy-boshqaruv usullaridan foydalanish;
•
Siyosiy innovatsiyalar
– siyosat sohasida, siyosiy faoliyat
turlarida, ichki va tashqi faoliyatda, halqaro munosabatlarda
yangi g’oyalarni amalga oshirish;
•
Huquqiy innovatsiyalar
- yangi ijtimoiy-siyosiy huquqlar
kiritish, yangi qonunlar ishlab chiqish, norma va normativlar
yaratish va boshqalar;
•
Ma’naviy muhitdagiraqamli innovatsiyalar
– ma’naviy faoliyat
bilan bog’liq yangi paradigmalar, gipotezalar, kontseptsiyalar
yoki fanda yangi nazariyalar yaratish, ta’limda yangi
usullardan foydalanish, yangi faoliyat turlarini topish,
madaniyatda yangi san’at yo’nalishlari va stillarini yaratish.
Amalga oshirilish usuli bo’yicha quyidagi raqamli innovatsiyalar
turlarini ajratib ko’rsatishimiz mumkin:
•
Moddiy materialda aks ettirilgan raqamli innovatsiyalar
(
hard
) – bularga misol sifatida raqamli yangi mahsulotlar,
mashinalar, uskunalar va jihozlarni ko’rsatish mumkin;
•
Moddiy materialda aks ettirilmagan raqamli innovatsiyalar
(
soft
) – bularga misol sifatida yangi samarador ta’lim
usullarini, kompyuter dasturlarini, tashkiliy va boshqaruv
bo’yicha o’zgarishlarni, fan tizimidagi paradigmalarning
o’zgartirilishi yoki boshqasiga almashinuvini ko’rsatish
mumkin.
Raqamli iqtisodiyotning jamiyatni rivojlanishidagi dolzarb muammolari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
338
Yangilik darajasi bo’yicha raqamli innovatsiyalarni nimanidir yangilash,
qandaydir yangilik kiritish yoki nimanidir mukammallashtirish kabi turlarga
bo’lish mumkin. Bunda raqamli innovatsion yangilik kiritish deganda, qandaydir
yangilikning (
yangi kontseptsiya, g’oya, texnik yechim va boshqalar
) birinchi
marta (
jahon miqyosida, mamlakat miqyosida yoki viloyat miqyosida kabilar
)
ishlatilishiga tushuniladi. Ammo uning ijtimoiy va iqtisodiy afzalligi ham o’sha
miqyosda tan olingan bolishi lozim. Raqamli yangilik kiritishni boshqacha
sharoitlarga moslashtirish, yangilash tariqasida tushuniladi. Demak, yangilash
ushbu tashkilot uchungina innovatsiya, ammo u tashqi dunyo uchun yangilik
bo’lmasligi ham mumkin. Nihoyat, mukammallashtirish deganda originalni
joylardagi konkret shart-sharoitlarga biroz o’zgarishlar kiritgan holda
moslashtirishga tushuniladi. Demak, bu amal bir mamlakat yoki tashkilot
uchungina raqamli innovatsiya hisoblanishi mumkin holos.
Raqamli iqtisodiyotdagi yangiliklarning tarqalish chegaralariga bog’liq
ravishda raqamli innovatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadilar:
•
Dunyo miqyosidagi raqamli innovatsiyalar;
•
Mamlakat miqyosidagi raqamli innovatsiyalar;
•
Regional yoki viloyatlar miqyosidagi raqamli innovatsiyalar;
•
Alohida firma, tashkilot yoki shahar doirasida amalga
oshiriladigan raqamli innovatsiyalar.
Ijtimoiy yo’nalishdagi raqamli innovatsiylar ham quyidagi asosiy
turlarga mansub bo’lishlari mumkin:
•
Iqtisodiy
– raqamli olamdagi yangi moddiy yoki ma’naviy
taqdirlashlar turlari, ko’rsatgichlar, mehnatga haq to’lashning
progressiv tizimlari va boshqalar;
•
Tashkiliy-boshqaruv
– yangi raqamli tashkiliy tuzilmalar,
mehnatni tashkil qilish usullarini raqamlashtirish va boshqalar;
•
Huquqiy
– mehnat yoki xo’jalik yuritish bilan bog’liq
qonunlardagi o’zgarishlarni raqamli ko’rinishda amalga
oshirish;
•
Pedagogik
– raqamli vositalarni qollagan holdagi yangi
innovatsion-interfaol o’qitish, ta’lim berish yoki tarbiya qilish
usullari.
Raqamli innovatsion iqtisodiyotning zamonaviy sharoitlarida yangiliklar,
bilim va informatsiyaning bunchalik ko’p turlarda namoyon bo’lishi
Актуальные проблемы цифровой экономики в развитии общества
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
339
innovatsiyalarning tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Iqtisodiyotning XX-XXI
asrlardagi evolyutsiyasi ishlab chiqarish sohasidagi yangi bilim va
informatsiyaning ma’nosi va mohiyatini ham tubdan o’zgartirib yubordi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi
“Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5349 sonli
Farmoni.
www.lex.uz
2. L.T.Abduxalilova. Internet-marketing. O’quv qo’llanma. T.: TDIU,
2019. - 310 bet.
3. Ergashxodjaeva Sh.Dj., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing
asoslari. T.: “Iqtisodiyot”, 2019. - 305 bet.
4. www.hubspot.com
|