Raqamli iqtisodiyotning jamiyatni rivojlanishidagi dolzarb muammolari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
352
iqtisodiyot vazifalari va maqsadlari”, ”Raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda
rivojlanishdagi to'siqlar" kabi muhim savollarga javob izlashga harakat qilamiz.
Ushbu mavzuni yoritishdan avval, kundalik hayotimizda ro'y berishi
mumkin bo'lgan bir holatni qarab chiqsak. Tasavvur qiling,
juma kuni ishdan
uyga keldingiz, oila a'zolaringiz davrasidasiz, birdan shanba va yakshanba dam
olish kunlari mashinada Samarqand viloyati va Samarqand shahriga sayohat
qilish fikri paydo bo'ldi. Lekin Sizning shaxsiy mashinangiz yo'q. Shunda Siz
kompyuter yoki smartfoningiz orqali mashinalarni ijaraga taqdim etuvchi
kompaniyalar saytlari yoki mobil ilovalariga kirib, ism-sharifingiz, haydovchilik
guvohnomangiz
raqamini kiritib, ikki kunga 6 kishilik oilaviy mashina buyurtma
berdingiz. Endi sayohat yo'nalishi tanlash kerak. Qayerlarga boriladi, qaysi
muzey, tarixiy obidalarga tashrif buyuriladi. Shunda Siz sayyohlik xizmatini
ko'rsatadigan agentliklar saytlari
yoki mobil ilovalariga kirib, oila a'zolaringiz
sonini kiritib, o'zingizga va oila a'zolaringizga qiziq bo'ladigan sayyohlik
yo'nalishini tanlaysiz. Shunda shanba kuni ertalab uyingiz oldida 6 kishilik
mashina, smartfoningizda muzey va tarixiy obidalarga kirish chiptalari va
mehmonxonada tunab qolish uchun oldindan buyurtma qilingan joy bo'ladi. Siz
hech
qayerga bormasdan, hech kimga qo'ng'iroq qilmasdan ikki kunga oilaviy,
mashinada, sayohatni tashkil qildingiz. So'ng Samarqandga yo'l oldingiz. U
yerda ikki kun aylangan so'ng, yakshanba kuni uyga qaytishda ozgina
charchaganingizni sezdingiz, bundan tashqari dushanba kuni ishga borish kerak.
Shunda Siz smartfoningizni olib darrov o'zingizga va oila a'zolaringizga
Afrosiyob tezyurar poyezdlariga chipta olib, vokzalga borasiz va uyga yo‘l
olasiz, mashina vokzalda qoldiriladi...
Raqamli iqtisodiyot tushuncha nisbatan uzoq bo‘lmagan vaqtda, 1995-yili
Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikolas
Negroponte tomonidan
aniqlab berilgan. Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv
rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishda, qanday
o'zgarishlar ro‘y berishi mumkinligini aytib o'tgan.