Raqamli iqtisodiyotning jamiyatni rivojlanishidagi dolzarb muammolari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
354
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini boshqa afzalliklari quyidagicha
bo‘lishi mumkin:
-ishlab chiqarishda mehnat samadorligini oshishi;
-kompaniyalarning raqobatbardoshligini o‘sishi;
-ishlab chiqarishdagi harajatlarning kamayishi;
-yangi ish o‘rinlari yaratilinishi;
-yangi zamonaviy kasblar paydo bo‘lishi;
-kambag‘allikni yengish va ijtimoiy tengisizlikni yo‘qolishi.
Bular raqamli iqtisodiyotning bor yo‘gi bir nechta afzalliklari holos.
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bizning kundalik hayotimizga ijobiy ta‘sir
qiladi, oddiy foydalanuvchiga ko‘plab qo‘shimcha
imkoniyatlar beradi va
qolaversa, bozorni o‘sishi va rivojlanishini ta‘minlab berishi mumkin. Ammo
shunga qaramay, raqamli iqtisodiyot keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan xavflar
ham yo‘q emas:
-kiber hujum xavfi, shaxsiy ma‘lumotlar himoyasi bilan bog‘liq
muammolar;
-“raqamli qullik” (millionlab insonlar ma’lumotlaridan keyinchalik ularni
o’zlarini tutishini boshqarish uchun foydalanish);
-ishsizlikni oshishi, axborot texnoloiyalarini rivojlanishi va uni tadbiq
qilinishi ortidan bir qancha sohalar va kasblar yo'q bo‘lib ketishi mumkin.
“Raqamli” davlatlar bugungi kunda Norvegiya, Shvetsiya va Shvetsariya
hisoblanishadi. Raqamli iqtisodiyot rivojlangan 10 ta davlatlar qatoriga AQSH,
Buyuk Britaniya, Daniya,
Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya va Gonkong
kiradi. Raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun davlat hamma uchun teng sharoit
yaratib berishi, iloji boricha bozor qoidalari,
qonunlar, shartnomalar shaffof
bo'lishi, qonunlar bozor talabidan kelib chiqqan holda(ya’ni bozordagi
rivojlanish tendensiyalarini oldindan aniqlay olishi va kerakli normativ
hujjatlarni qabul qilishi) o‘yin ishtirokchilari uchun erkinlik berishi zarur.
Актуальные проблемы цифровой экономики в развитии общества
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
355
Dunyo mamlakatlari kabi O‘zbekistonda
ham raqamli iqtisodiyot
rivojlanmoqda. Kundalik hayotimizga axborot texnologiyalarni tadbiq qilinishi
ortidan oddiy insonlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirga kunda
uydan chiqmasdan ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlari va taomlariga buyurtma
berishimiz, ularni uyimizgacha yetkazib berishlari mumkin. Lekin shuni
ta’kidlash kerak-ki, O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot O‘zbekiston potensialiga
nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda. Ya‘ni imkoniyat bor, kerakli
resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga
sabab sifatida raqamli
iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to‘siqlarini ko‘rsatib
o‘tishimiz mumkin.