Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и цифровых технологий и их инновационных решений», татуфф, Фергана, 4 мая 2023 г




Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/312
Sana22.05.2024
Hajmi6,64 Mb.
#249488
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   312
Bog'liq
3 tom

Актуальные проблемы разработки информационных технологий и программных продуктов и их решения 
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
39
davrini tamomlash uchun talaba tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan 
kreditlarning umumiy miqdorini mustaqil belgilaydi. 
Amaldagi oʻqitish tartibidan farqli oʻlaroq, kredit tizimida majburiy 
fanlardan tashqari tanlov fanlari ham talabaning individual dars jadvaliga 
kiritiladi. Talabalar oʻqishdan haydalmaydi yoki kursdan-kursga qoldirilmaydi. 
Qaysi fan (kurs)dan belgilangan kreditlarni toʻplay olmasa, faqat oʻsha fanning 
oʻzidan qayta imtihon topshiradi, xolos. Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom esa 
belgilangan kreditlar toʻplagandan soʻng beriladi. 
ECTS tizimi boʻyicha talabalarning bir yilda toʻplashi lozim boʻlgan 
kredit miqdori 60 ni tashkil etadi. Bir oʻquv yili ikki semestrdan iborat boʻladi 
deb olsak, talaba har semestrda 30 kredit toʻplab borishi lozim. Bakalavriat 
dasturi 3-4 yillik boʻlsa, talaba bakalavr darajasini qoʻlga kiritishi uchun jami 
180-240 kredit, 1-2 yillik magistra tura dasturini tugallashi uchun esa, 60-120 
kredit toʻplashi majburiyat hisoblanadi. 
Akademik kredit
- oliy ta’limning muayyan bosqichida ushbu ta’lim 
darajasini qo‘lga kiritish maqsadida talaba tomonidan muntazam ravishda 
to‘plab boriladigan ramziy o‘lchov birligi. Bu birlik talaba ma’lum miqdordagi 
o‘qish yuklamasini bajarganligi va muayyan o‘qish natijalarini muvaffaqiyatli 
tarzda egallaganligini anglatadi. 
Akademik modul
- yaxlit, muayyan o‘quv natijalariga erishishga 
qaratilgan, o‘zining baholash mezonlariga ega bulgan tizimli, izchil o‘qish va 
o‘rganish harakatlari jamlanmasi. U odatda bir semestr davom etadi, lekin ayrim 
hollarda bir necha soatdan iborat bo‘lishi ham mumkin [4]. 
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki ta’lim jarayoniga kredit-
modul tizimini joriy etish ham ma’naviy, ham iqtisodiy jihatdan samaralidir. 
So‘nggi yillarda, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida ham 
bosqichma-bosqich kredit-modul o‘qitish tizimiga o‘tish ishlari boshlab 
yuborilgan. 


Axborot texnologiyalari va zamonaviy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishning dolzarb muammolari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
40
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi 
PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim 
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ga ko‘ra, mamlakatdagi oliy 
ta’lim muassasalarining 85 foizi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul 
tizimiga o‘tishi rejalashtirilgan [1]. Ushbu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 30-iyundagi qarori bilan 
2020/2021-o‘quv yilidan boshlab mamlakatimizdagi 35 ta oliy ta’lim 
muassasalari kredit-modul tizimiga o‘tishi belgilandi [2]. Ushbu qaror ijrosi 
natijasida mamlakatimizdagi ko’plab oliy ta’lim muassasalari ta’lim jarayoniga 
ECTS kredit-modul
 tizimi joriy etilmoqda. 
Shuning uchun ham biz ushbu maqolada Respublikamiz oliy ta’lim 
muassasalarida, jumladan, texnik yo’nalishdagi oliy o’quv yurtlarida 
matematika fanini o’qitishda kredit-modul tizimidan qanday foydalanish 
mumkinligi haqidagi fikrlarimizni bayon qilamiz. 
Misol tariqasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot 
texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali bakalavriyat bosqichida ikkinchi 
bosqich uchinchi semestrda “Diskret tuzilmalar” fanini kredit-modul tizimida 
o’qitishdagi tajribalarimizni yoritamiz. 
Bakalavriat bosqichidagi talabalarning ilmiy-texnikaviy dunyoqarashini 
shakllantirish, zamonaviy texnika vositalari bilan tanishtirish hamda undan 
foydalanishga zamin yaratish uchun ularga matematik fanlarni oʼrgatish talab 
qilinadi. Jumladan, diskret tuzilmalar fanini oʼqitish bugungi kun talabiga javob 
beradigan mutaxassislarni tayyorlashda muhim hisoblanadi. 
Diskret tuzilmalar fani matematik va tabiiy-ilmiy fanlar blokiga kiritilgan 
kurs hisoblanib, bakalavriat 2-kurs talabalariga oʼqitilishi maqsadga muvofiq. 
Mazkur fan “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika”, “Matematik 
modellashtirish”, “Sxemotexnika”, “Raqamli qurilmalarning matematik va 
mantiqiy asoslari”, “Аxborot xavfsizligi”, “Mobil aloqa tizimlari” kabi 



Download 6,64 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   312




Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и цифровых технологий и их инновационных решений», татуфф, Фергана, 4 мая 2023 г

Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish