Axborot texnologiyalari va zamonaviy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishning dolzarb muammolari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
38
Buyuk Britaniyaning kredit tizimi (CATS
- Credit Accumulation and
Transfer Scheme).
Ushbu modellarning ichida eng koʻp tarqalgani AQSh va Yevropa
modellaridir.
Maʼlumotlarga koʻra, Mamlakatimiz Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
kredit-modul tizimini joriy etishda Yevropaning ECTS tizimidan foydalanishni
maqsadga muvofiq deb topdi. Shu bois uning afzal jihatlari, qulayliklari, yutuq
va kamchiliklari haqida toʻxtalib oʻtamiz.
Bolonya deklaratsiyasining eng muhim jihatlaridan biri oliy taʼlim
muassasalarining yagona “kredit-modul tizimi”dan
foydalanish ECTS ga
asoslanadi.
Masalan, talaba taʼlim olayotgan universitetida egallagan akademik
bilimlarini shu tizimga aʼzo mamlakatlar oliy taʼlim muassasalarida tan
olinishini, yaʼni oʻziga xos “konvertatsiyasi”ni kafolatlaydi.
Shu bilan birga,
mazkur tizim aʼzolariga talabalarni boshqa oliy ta’lim muassasalariga oʻqishini
tiklash, koʻchirish va tugatish imkoniyatini beradi.
ECTS tizimi universitetlarga ham bir qator qulayliklarni taqdim etadi.
Chunonchi, maʼlum bir taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklar kesimida oʻquv
jarayoni haqidagi axborotlarni aniq aks ettiruvchi oʻquv rejalarning oʻxshashligi
hamda yagonaligini taʼminlaydi. Shuningdek, mutaxassislik darajasining tan
olinishiga erishish maqsadida talabani qabul qiluvchi va joʻnatuvchi oliy oʻquv
yurtlaridagi dasturlarning mazmunini oldindan kelishib olish imkonini beradi.
Talabaning taʼlim olishi bilan bogʻliq barcha masalani hal etishdagi javobgarligi
hamda mustaqilligi saqlanadi. Yevropa taʼlim tizimida oʻquv kurslari va barcha
taʼlim
jarayoni kreditlarda, Oʻzbekiston hamda muustaqil davlatlar
hamdo’stligining boshqa mamlakatlarida esa akademik soatlarda hisoblanib
kelinar edi.
ECTS tizimi boʻyicha har bir oliy taʼlim muassasasi kredit tarkibini, har
bir modul boʻyicha kreditlar sonini, qolaversa, har bir kurs va umuman, oʻqish