Axborot texnologiyalari va zamonaviy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishning dolzarb muammolari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
44
so‘rov yuboruvchi tarmoq qurilmalari
mijozlar
deb ataladi.
Avtonom ishlovchi
yoki mijoz sifatida tarmoqqa ulangan kompyuterni, odatda,
ishchi stansiyasi
deb
atashadi.
Kompyuter tarmoqlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
- xududiy alomat bo‘yicha;
- ma’murlash usuli bo‘yicha;
- topologiya bo‘yicha.
Hududiy alomat bo‘yicha lokal (LAN, Local Area Network) va global
(WAN, Wide Area Network) hisoblash tarmoqlari farqlanadi.
Global hisoblash tarmog‘i katta geografik muhitni qamrab olgan va
tarkibida aloqaning magistral liniyalari yordamida birlashtirilgan ko‘plab
hisoblash tarmoqlari va masofadagi kompyuterlar bo‘lgan hududiy taqsimlangan
tizimdan iborat. Megapolis va region doirasida tashkil etilgan tarmoqlar mos
holda shahar tarmog‘i (MAN, Metropolitan Area Network)
va shaxsiy tarmoq
(PAN, Personal Area Network) deb yuritiladi. Eng mashhur global tarmoq
Internet TCP/IP protokollari steki bazasiga asoslangan megatarmoq hisoblanadi.
Ba’zi adabiyotlarda “korporativ tarmoq” iborasi ishlatiladi. Bu ibora orqali turli
texnik, dasturiy va informatsion prinsiplarda qurilgan bir necha tarmoqlarning
birlashmasi tushuniladi.
Megatarmoq Internet foydalanuvchilarini birlashtirish uchun ishlatiluvchi
global tarmoq Ekstranet (extranet) deb yuritiladi. TCP/IP protokoli bazasida
amalga
oshirilgan, ammo megatarmoq Internetdan ajratilgan tarmoq Intranet
(Intranet) deb ataladi.
“Mijoz-server” tarmoqlarida markazlashgan arxitektura hisobiga
ma’murlash va masshtablash funksiyalarini,
xavfsizlikni va tiklanishni
ta’minlash osongina amalga oshiriladi. Ammo, bunday tarmoqlarning zaif joyi
(barcha markazlashgan tizimlardagi kabi) server hisoblanadi. Serverning
buzilishi butun tizimning ishdan chiqishiga olib keladi. Undan tashqari, “mijoz-
server” tarmoqni qurish uchun serunum kompyuter va mos operatsion server
Актуальные проблемы разработки информационных технологий и программных продуктов и их решения
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
45
muhiti talab etiladi.
Mos holda, bunday tarmoqlar professional tarmoq
ma’muriga ega bo‘lishi shart.
Tarmoq topologiyasi bo‘yicha umumiy shinali (bus), xalqasimon (ring),
yulduzsimon (star), uyali (mesh) va aralash topologiyali tarmoqlar farqlanadi.
“Umumiy shina” topologiyasi bitta chiziq bo‘yicha yotqizilgan tarmoqdan
iborat. Kabel bitta kompyuterdan keyingi kompyuterga, so‘ngra
undan
keyingisiga o‘tadi
Shinaning har bir uchida terminator (signalning akslanishini istisno
qiluvchi) bo‘lishi lozim. Shinaning bir uchi yerga ulanishi kerak. Shinali
topologiya
“passiv”
hisoblanadi,
chunki
kompyuterlar
signallarni
regenerasiyalamaydi. Signal so‘nishi muammosini hal etishda tarkorlagichlardan
foydalaniladi. Shinaning uzilishi butun tarmoq ishlashining
buzilishiga sabab
bo‘ladi (signalning akslanishi hisobiga).
“Xalqasimon” topologiyada har bir kompyuter boshqa ikkita kompyuter
bilan ulangan va signal aylana bo‘yicha o‘tadi.
Xalqasimon topologiya “aktiv” hisoblanadi, chunki har bir kompyuter
keyingi kompyuterga signal regeneratsiyalaydi.
Topologiyaing kamchiligi
sifatida
masshtablashning
murakkabligini
hamda
umumiy
shina
topologiyasidagidek uzilish sodir bo‘lganida tarmoqning ishdan chiqishini va
axborotning sust himoyalanganligini ko‘rsatish mumkin.
“Yulduzsimon” topologiya har bir kompyuterni markaziy konsentrator
bilan ulash orqali tashkil etiladi.
Ushbu topologiyaning afzalligi uzilishlarga barqarorligi (faqat bitta
kompyuter uziladi), kompyuterlarni qo‘shish imkoniyatining kamchiligi sifatida
konsentratorga xarajatni ko‘rsatish mumkin.
“Uyali” topologiyada har bir kompyuter boshqalari bilan ulangan. Shu
tufayli ulanishlarning uzilishiga eng yuqori barqarorlikka erishiladi.
Topologiyaning kamchiligi sifatida kabelli ulanishlarga xarajatni ko‘rsatish
mumkin.