Axborot texnologiyalari va zamonaviy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishning dolzarb muammolari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
42
sillabusi orqali baholash mezonlari va vaqtlari to’g’risidagi ma’lumotlardan
xabardor bo’ladi.
Baholash semestr davomida quyidagi turlar bo’yicha o’tkaziladi
Oraliq nazorat: 30% - ikki marta oraliq nazoratdan iborat boʼlib shakli
(Yozma, test, kollokvium, ogʼzaki).
Joriy nazorat: 20% - barcha mustaqil ishlarning yigʼilgan bahosidan
iborat.
Yakuniy nazorat: 50% - yakuniy nazorat test shaklda oʼtkaziladi. Oʼtgan
barcha mavzular boʼyicha test materiallaridan iborat (onlayn tarzda olinadi).
Oraliq nazorat va joriy nazorat o’qituvchi tomonidan baholanadi . Bunda
talaba 50 balldan 30 ball (60%) va undan tuqori ball to’plasa – yakuniy nazorat
turini topshirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Aks holda, ya’ni talaba 50 balldan 30
ball (60 %) dan kam ball to’plasa fanni o’zlashtirmagan hisoblanadi [3].
Yakuniy nazorat Universitet tomonidan shu fan o’qituvchisi ishtirokisiz
o’tkaziladi va bunda ham talaba 50 balldan 30 ball (60%) dan ko’p ball
to’plagan talaba kursni o’zlashtirgan hisoblanadi va fanga ajratilgan 6 kreditga
ega bo’ladi.Aks holda, ya’ni talaba yakuniy nazoratga ajratilgan 50 balldan 30
ball (60 %) dan kam ball to’plasa fanni o’zlashtirmagan hisoblanadi.
Fanni
o’zlashtirmagan talaba shu fan uchun ajratilgan 6 kredit uchun qo’shimcha
kantrakt qismini to’lab fanni qaytadan o’qiydi. Fanni qaytadan o’qiydigan
talabaning dastlabki to’plagan ballari inobatga olinmaydi va barcha baholash
turlaridan qaytadan ball yig’ib chiqadi.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki kredit-modul tizimida o’qish - talabalar
uchun an’anaviy ta’lim tizimiga qaraganda ko’proq ma’suliyat va aniqlik talab
qiladi.
Kredit-modul tizimida o’qish talabalar uchun qo’shimcha kontrakt to’lash
havfi borligiga qaramasdan, bu tizim o’zini oqlagan
va rivojlangan davlatlar
tajribasidan o’tgan bo’lib, oliy ta’lim muassasalari va hatto davlatlar o’rtasida
Актуальные проблемы разработки информационных технологий и программных продуктов и их решения
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
43
talabalar va o’qituvchilar mobilligini ta’minlaydi va pirovard natijada ta’lim
jarayoni samarali bo’lishiga erishiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi
oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847-son Farmoni, 08.10.2019 y.
https//lex.uz/docs/4545884.
2.
O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2020-yil 30 iyundagi
357-sonli buyrug’i, 1-ilovasi.
3.
2018 yil 24 iyuldagi 569-sonli O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Muhammad al-Xorazmiy
nomidagi Toshkent
axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini
tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
to’grisida”gi qarori. https//lex.uz/docs/3833195.
4.
https://Vohid O‘rinov. Oliy ta'limda kredit-modul: yangi o‘quv
yilida talabalarni nimalar kutmoqda? “Kun.uz”, 2020-yil,22-iyul.
5.
Hasanova M.U., Jumanova M.G’. Kredit-modul tizimi va uni
amaliyotga joriy etish tamoillari (Oliy ta’lim muassasalarida
matematika o’qitishda ). “Orental ART and Culture” ilmiy-metodik
jurnal №3. Qo’qon 2020 264 b.