XIII bob. KANAL SIRTINI TEKISLOVCHI VA UNGA BETON
YOTQIZIB, QIRQUVCHI MASHINALARNI HISOBLASH
Kanal sirtini tekislashdan maqsad, uning sirtidagi notekislikni
(g‘adir-budirligini) kamaytirish, suvni yerga sizishini yo‘qotish uchun
qoplanadigan materiallarni yotqizishga tayyorlash va kanal devor
qalinliklarini mustahkamlash ishlarini bajarishdif, Tekislash natijasida
kanal sirtining notekisligi ± 3 sm bo‘lishi kerak.
Kanal
sirtini
oddiy
ish jihozlari
yordamida
tekislovchi
mashinalarni hisoblash “Qurilish mashinalari” fanidan o ‘rganiladi.
Kanal sirtini tekislash mashinalari ichida temir yo‘lda yuradigan
ko‘p cho‘-michli ish jihoziga ega bo‘lgani yaxshi tekislashi bilan
boshqalaridan ajralib turadi.
Kanallardagi suvni yerga shimilishini oldini olish maqsadida,
ularning sirtiga beton qatlami yotqizilib, shibbalanadi va ko‘ndalang
hamda bo‘ylamasiga kesiladi. Betonni plita shaklida kesilishiga sabab,
havo haroratini ta’siri
yotqizilgan betonga deformatsiya uchun
imkoniyat yaratish va qayta ta’mirlash ishlarini yengillashtirishdir.
Kanal sirtiga beton yotqizishni, uning o ‘qi bo‘ylab va unga
ko‘ndalang ravishda olib boriladi. Shunga ko‘ra kanal sirtiga beton
yotqizuvchi mashinalarning bo‘ylama va ko‘ndalang turiari mavjud.
Mashinani yuritish zanjirli, sirpanuvchan va temir yo‘llar orqali
bajariladi. Bular ichida bunkersiz beton tarqatish usuli bilan ishlaydi-
gan,
o ‘rmalovchi
yurish
uskunasiga
ega
bo‘lgan
avtomatik
boshqariladigan turiari, o ‘zlarining yuqori sifatli ish bajarishi hamda ish
unumdorligini balandligi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Bundan
tashqari qo‘shimcha ishlar salmog‘ini ham anchagacha kamaytiradi.