X bob. SUG’ORISH MASHINA VA USKUNALARI
10.1. Vazifasl, sinflari va ularga qo‘yiIadigan talablar
Sug'orish - suv manbaidan keluvchi suv bilan tuproqni sun’iy
ravishda namlashdan iborat. Sug‘oriladigan maydonda bog‘lanayotgan
suvni taqsimlash usullariga sug‘orish usutlari deyiladi.
Sug‘orish, yem ing namligini hisobga olgan holda, sug‘orish
m e’yoriga (normasiga) bog‘liq. Paxta uchun sug‘orish normasi 2900-
9800 m3/ga ni tashkil qiladi.
Sug‘orishning quyidagi
usullari mavjud; yer ustidan, yom g‘irlatib,
tomchilab va tuproq ichidan sug‘orish.
Sug‘orishning yuqoridagi usullari uchun maxsus uskuna va mashi
nalar ishlab chiqilgan. Bu uskuna va mashinalar ishlatilishiga qarab; tur-
g ‘un, ko‘chib yuruvchi va harakat davomida sug‘orish ishlarini bajaradi.
Sug‘orish uskuna va mashinaiariga quyidagi; suvni o ‘z vaqtida ke-
rakli miqdorda
isrofsiz yetkazib berish, suv uzatish to ‘Iiq mexanizatsiya-
langan bo‘lishi, mehnat va energiyani kam sarflash kabi talablar
qo‘yiladi.
10.2. Yer ustidan sug‘oruvchi uskuna va mashinalar
Yer ustidan sug‘orishda, suv sug‘oriladigan
maydon yuziga oqib
tarqaladi va suvning og‘irlik kuchi ta’siri hamda kapillyarlar orqali
tuproqqa singadi.
Yer ustidan sug‘orishning asosiy usullaridan biri egat bo‘ylab
sug‘orishdir. Bu usulda hudud taqsimlash ariqlari orqali sug‘oriladigan
uchastkalarga ajratiladi. Har bir uchastka
ichida muvaqqat ariqlar
quriladi. Ayrim hollarda muvaqqat ariqlardagi suvlar o ‘q ariqiarga
tarqatiladi.
Egat bo‘ylab sug‘orishning samarali usullaridan
biri naylar orqali
sug‘orishdir
(10.1,a,b-rasm). Bunda muvaqqat ariqlari 1 va egat 3
oralig‘iga suvni o ‘tkazuvchi nay 2 o ‘rnatiladi
(10.1,a-rasm). Agar
parabola yoki trapetsiya shaklidagi nay 2 lardan foydalanilsa,
nay suvga
to ‘ldirilib, uning kirish va chiqish teshiklari qo‘l barmoqlari bilan
158
berkitiladi va ariqdagi suvga tushirilgandan so‘ng
teshiklar ochilishi
bilan, suv egatga oqa boshlaydi
(10. l,b-rasm).