|
Menejment va marketing
|
bet | 17/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin1997-2001 - Mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy saloxiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni islox o‘ilish va rivojlantirish uchun xuquqiy kadrlar jixatdan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.
2001-2005 - Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mexnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan xolda unga aniqliklar kiritish.
2005 va undan keyingi yillar - to‘plangan tajribani taxlil qilish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish1.
Uzluksiz maqsadlar deganda xar kuni qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar tushuniladi. Masalan, mexnat unumdorligini o‘stirish, intizomni mustaxkamlash, maxsulot tannarxini pasaytirish, maxsulot sifatini oshirish kabilar muntazam, kunda talab qilinadigan maqsadlardir.
Fursatli maqsadlar deganda biror bir muammoni xal etish zaruriyati tug‘ilgan xollarda paydo bo‘ladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, korxonani qayta uskunalash, jixozlarni yangilash, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvini o‘zgartirish goxo ishlab chiqarishning iqtisodiy zaruriyatiga qarab paydo bo‘ladi.
Boshqarish jarayonida bir martalik maqsadlarga xam zaruriyat tug‘ilishi mumkin. Bunday maqsadlar, odatda, korxona uchun kutilmagan, favqulodda vujudga kelgan muammoni echish uchun o‘rtaga qo‘yiladi. Bu maqsad, masalan, tabiiy ofat yuz bergan xolda shu ofatni bartaraf qilish uchun zaruriy mablag‘ni ajratish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Boshqarishga maqsadli yondoshuv namoyondalari barcha maqsadlarni quyidagi to‘rtta guruxga bo‘lishadi:
oddiy qotib qolgan an’anaviy maqsadlar;
muammoli maqsadlar;
innovatsion maqsadlar;
xodimlar malakasini, maxoratini oshirish bo‘yicha maqsadlar;
|
| |