|
Menejment va marketing
|
bet | 18/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininBirinchi guruxdagi maqsadlar xar kun qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar bo‘lib, ularning bajarilishini ta’minlash tegishli bo‘g‘indagi rahbarning bevosita burchiga kiradi. Masalan, marketing bo‘limining boshlig‘i oldida quyidagi maqsad qo‘yilgan bo‘lishi mumkin:
“Oyning oxirigacha joriy yilning so‘nggi kvartalida sotilgan tovarlarning taxlilini qilish va tegishli xulosalar yasash”. Bu an’anaviy maqsaddir.
Ikkinchi guruxdagi maqsadlar odatiy maqsadlardan farq qiladi. Bu maqsadlar korxonaga va ayrim xodimga qiyinchiliklar tug‘diradi. Masalan, maxsulotga bo‘lgan talabning to‘satdan keskin pasayishi va sotish xajmining kamayishi, tabiiy ravishda korxonaning oladigan foydasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunday bir sharoitda korxona rahbari oldida vaziyatni o‘zgartirish, sotish xajmini, aytaylik, ikki oy ichida keskin ko‘paytirishdek murakkab masala turadi.
Bu maqsad muammoli maqsaddir. Chunki sotish xajmini qisqa muddat (2 oy) ichida keskin ko‘paytirish:
maxsulotga bo‘lgan talabning keskin pasayshi sabablarini aniqlashni;
ko‘p omilli korrelyatsion - regression taxlilni amalga oshirishni;
eng maqbul qarorlar qabul qilishni taqoza etadi.
Bunga bosh qotirish, aqlni ishlatish kerak bo‘ladi.
Innovatsion maqsadlar – bu yangi maxsulotni ishlab chiqarish, yangi texnologiyani joriy qilish bo‘ycha qo‘yiladigan maqsadlardir. Masalan, tadqiqot bo‘limi xodimlarining maqsadi quyidagicha bo‘lishi mumkin: “1 iyulgacha eksport uchun mo‘ljallangan uch turdagi yangi maxsulotni sanovdan o‘tkazishni ta’minlash”.
Maqsad qanchalik murakkab bo‘lsa, shunchalik u boshqaruvchi uchun muammoli ¸ki innovatsion bo‘lishi mumkin. Biroq, bir maqsadning o‘zi birov uchun oddiy, boshqa uchun muammoli, xatto innovatsion bo‘lishi mumkin. Birinchi xolda rahbar o‘sha maqsadni echish usullarini mukammal biladi, ya’ni buning uchun uning bilimi, maxorati etarli bo‘lib, uni xech qanday qiynalmay echadi. Boshqa rahbar esa u maqsadni o‘zi uchun murakkab va muammoli tariqada qabul qiladi.
Masalan, marketing bo‘limi xodimi uchun “kvartalda sotiladigan tovarlar taxlilini qilish” oddiy bir ish bo‘lsa, sotish bo‘limidagi xodim uchun bu ish muammo bo‘ladi.
To‘rtinchi gurux maqsadlar - bu korxona xodimlari malakasini oshirish soxasidagi maqsadlar bo‘lib, ular uzoq muddatli (strategik) reja asosida muntazam ravishda amalga oshirilib boriladi. Masalan, “3-5 yil ichida korxona xodimlarning 20 foizini malakasini oshirish”.
|
| |